399
BIZNES-REJANI TUZISH BO’YICHA KO’RSATMA
Biznes - rejani tarkibiy
qismlari biznesning sohasi,
rejaning maqsadlari,
investor talablari va boshka omillarga bog’liq. Banklar, ayrim xalqaro tashkilotlar,
masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni
rivojlantirish dasturi
(UNID), Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (EBRD),
Rivojlanish va savdo
bo’yicha BMTning Konferentsiyasi biznes-rejaning tarkibiy qismlari bo’yicha
o’zlarining tavsiyanomalarini ishlab chiqishgan.
Lekin umumiy qilib aytganda
biznes-rejani ishlab chiqish jarayoni odatda quyidagi muammolarni hal etadi:
Tashkilotni kelajakda barqarorligini va hayotiylik darajasini aniqlab beradi,
tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini kamaytiradi;
Miqdorli va sifatli ko’rsatkichlar sistemasi ko’rinishida
biznes istiqbolini
anikdaydi;
Investorlarni diqqatini qaratadi va qo’llab quvvatlashini ta’minlaydi;
Rejalashtirish tajribasini olishga ko’maklashadi,
tashkilotga istiqbolli
qarashni rivojlantiradi.
Biznes - reja bo’limlari
Amaliyotda qo’llab kelinadigan biznes -rejaning bo’limlari quyidagilardan iborat:
1.
Titul varag’i
2.
Maxfiyligini ta’minlash memorandumi
3.
Mundarija
4.
Biznes tavsifi (Rezyume)
5.
Tashkilot maqsadi (Missiya)
6.
Mahsulot/xizmat ta’rifi
7.
Ishlab chiqarish doirasining/tsiklning tavsifi
8.
Marketing reja
9.
Moliya rejasi
10.
Menejment
11.
Xodimlar
400
12.
Yakuniy xulosa
Mundarija.
Titul varag’i va rezyumedan keyin asosiy o’qiladigan qism, ya’ni
biznes-
rejaning mazmuni xaqida to’liq va aniq ma’lumot berishi kerak. Mundarijada
mayda-chuyda tavsilotlar berilmasligi kerak, lekin kichik sarlavhalar ajralib turishi
va albatta bet raqamlari berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: