401
Savdo umumiy hajmini.......
gacha yoki........
marta ko’paytirish;
Firma ulushini mavjud bozorlarda ....... gacha yoki
marta oshirish;
Agar firma ishlab chiqarish hajmining o’sish
suratlarini inobatga olmasa,
uning asosiy maqsadlari quyidagilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin:
Sof daromadning o’sishi bilan;
Mahsulot sifatini oshishi bilan;
Yordamchi va servis xizmatlar ulushining o’sishi bilan.
Xizmatlar / mahsulotlar ta’rifi.
Tadbirkor ham, uning investorlari ham bozorga qanday xizmatlar va
mahsulotlar taklif etish rejalashtirayotganini aniq bilishi kerak.
Yaьni biznes-reja
bo’lajak tadbirkorning to’liq ta’rifini o’z ichiga olishi kerak. Tovarga (mahsulot,
xizmatga) ta’rif berishda quyidagi ma’lumot bo’lishi kerak:
Mahsulotning aniq ta’rifi va uni qo’llash usullari. Bunda tovar xususiyatlari
potentsial xaridorlar talablari bilan bog’liq bo’lishi kerak.
Tanlangan tovarni qo’llash tendentsiyasi (vaqt o’tishi bilan uning iste’moli
oshib boradimi yoki kamayadimi, uni qo’llashni
yangi imkoniyatlari
mavjudmi?) o’z mahsulotining hayotiy tsiklini firma qay ko’rinishda
ko’radi?
Raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan shunday mahsulotlar,
xizmatlar
diapozoni qanday? Tanlangan tovar raqobatchilar modeli bilan qiyoslaganda
noyoblikka egami, bozor (iste’molchi) noyoblik ustuvorligini talab etadimi,
mahsulot o’ziga xosliginichi?
Tovarning himoya darajasi qanday, ya’ni
tadbirkor patentga, mualliflik
huquqiga, ro’yxatga olingan tovar markasiga egami?
Agar tovar sotilish xususiyatlariga ko’ra - davriy yoki mavsumiy bo’lsa -
buni alohida ko’rsatib o’tish kerak (avtomobil
- davriy tovar, bolalar chanasi -
mavsumiy).