405
bo’yicha operatsiyalar jarayoni qanday? Operatsiyalarda ustivorlikka
erishish mumkinmi? Ishlab chiqarish jarayon tizimini ishlab chiqarish oqimi
sxemalari yordamida ko’rsatish yaxshiroq?
Qanday xom ashyo va materiallar zarur? Firmaning asosiy tashkilotchilari
kim? Ularning nomi manzilini ko’rsatish lozim.
Salbiy omillar (zaif joylar) aniqlanganmi? Ular,
u yoki bu operatsiyalarga
sarflanadigan vaqt yoki ta’minotchilar bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qanday kuchlar zarur? Korxonada
ushbu kuchlar mavjudmi? Ularni kengaytirish,
malakasini oshirish rejasi
bormi va ular biznes reja bosqichlari bilan bog’liqmi?
Korxona ishlab chiqarish ko’lami samarasiga umid bog’lashi mumkinmi?
Ko’zda tutiladigan chiqimlar tarkibi qanday?
Ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirayotganda ko’zda tutilmagan
vaziyatlar va ularni takrorlanishi qanchalar tez-tez uchraydi?
Sifat nazorati qanday amalga oshiriladi?
Mavjud va zarur uskunalar ro’yxati, uni tanlash qanday amalga oshiriladi?
Ishlab chiqarish qaerda joylashadi? Geografik sharoitlar va joylashgan
o’rniga ko’ra ishlab chiqarishga bo’lgan talablar qanday?
Ishlab chiqarishni yuritish uchun bugun va ertaga zarur bo’lgan
ish kuchi
qanday? Ishchilar malakasi uskunalar imkoniyati va xususiyatlariga mos
keladimi?
Boshqaruv.
Loyihaning samaradorligi kompaniyaning top-menejmentiga bog’liq. Bu
bo’limga asosiy mutaxassislar va rahbarlar tarkibini tashkillash, korxonaning
tashkiliy tuzilishi va loyihani amalga oshirish muddati,
rahbariyat tarkibini
asoslash usullari yoritiladi.
Bu bo’limda korxonaning asosiy qatnashchilarini qisqacha tanitish
(tadbirkor, uning hamkorlari,
investorlar, direktorlar kengashi a’zolari,
asosiy vazifalarni bajaruvchi xodimlar va h.k) ichki aloqalarni ko’rsatuvchi
406
korxonaning tashkiliy sxemasini keltirish, korxona doirasida javobgarlik va
ma’suliyatlarni ko’rsatish kerak.
Dostları ilə paylaş: