Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Qisqa xulosa yoki Rezyume



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

Qisqa xulosa yoki Rezyume. 
Biznes-reja hujjatlarning bosh qismida keltiriladi, lekin tayyorlash jarayonida 
u oxirida yoziladi. Unda tadbirkor o’ylagan asosiy holatlar, biznes g’oya, xulosalar 
qisqa keltiriladi. 
Rezyumening tarkibi 3 qismdan iborat bo’lishi kerak: 
1.
Kirish: loyihaning mazmuni qisqacha aks ettiruvchi reja maqsadlarini o’z 
ichiga oladi; 
2.
Asosiy mazmun: biznes-rejaning muhim elementlari va uning asosiy 
qismlari: faoliyat turi, so’rov darajasi, moliyalashtirish manbalari va 
jamlanmasi; 
3.
Xulosa: 
tadbirkorning kelajakdagi yutuqlari omillarini jamlaydi, 
tadbirkorning asosiy harakat usullarini yoritib berishi mumkin. 
Rezyume qisqa bo’lib uni bir betga joylash yaxshi. Ya’ni rezyume, 
potentsial investorlar talabi va ularning faoliyati o’ziga xos xususiyatlarini 
inobatga olgan holda, soni bilan emas, sifati bilan o’ziga jalb etishi kerak. 
Biznes-rejada firma maqsadlarini aniqlash. 
Biznes-reja tuzilishidagi birinchi qadam firma faoliyatining maqsadlarini 
aniqlashdan iborat. Agar firma o’sishga yo’naltirilgan bo’lsa, uning asosiy 
maqsadlari quyidagicha bo’ladi: 


401 

Savdo umumiy hajmini....... 
gacha yoki........ 
marta ko’paytirish; 

Firma ulushini mavjud bozorlarda ....... gacha yoki 
marta oshirish; 

Agar firma ishlab chiqarish hajmining o’sish suratlarini inobatga olmasa
uning asosiy maqsadlari quyidagilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin: 

Sof daromadning o’sishi bilan; 

Mahsulot sifatini oshishi bilan; 

Yordamchi va servis xizmatlar ulushining o’sishi bilan. 
Xizmatlar / mahsulotlar ta’rifi. 
Tadbirkor ham, uning investorlari ham bozorga qanday xizmatlar va 
mahsulotlar taklif etish rejalashtirayotganini aniq bilishi kerak. Yaьni biznes-reja 
bo’lajak tadbirkorning to’liq ta’rifini o’z ichiga olishi kerak. Tovarga (mahsulot, 
xizmatga) ta’rif berishda quyidagi ma’lumot bo’lishi kerak: 

Mahsulotning aniq ta’rifi va uni qo’llash usullari. Bunda tovar xususiyatlari 
potentsial xaridorlar talablari bilan bog’liq bo’lishi kerak. 

Tanlangan tovarni qo’llash tendentsiyasi (vaqt o’tishi bilan uning iste’moli 
oshib boradimi yoki kamayadimi, uni qo’llashni yangi imkoniyatlari 
mavjudmi?) o’z mahsulotining hayotiy tsiklini firma qay ko’rinishda 
ko’radi? 

Raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan shunday mahsulotlar, xizmatlar 
diapozoni qanday? Tanlangan tovar raqobatchilar modeli bilan qiyoslaganda 
noyoblikka egami, bozor (iste’molchi) noyoblik ustuvorligini talab etadimi, 
mahsulot o’ziga xosliginichi? 

Tovarning himoya darajasi qanday, ya’ni tadbirkor patentga, mualliflik 
huquqiga, ro’yxatga olingan tovar markasiga egami? 
Agar tovar sotilish xususiyatlariga ko’ra - davriy yoki mavsumiy bo’lsa - 
buni alohida ko’rsatib o’tish kerak (avtomobil - davriy tovar, bolalar chanasi - 
mavsumiy). 


402 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin