Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
Ishlab chiqari rejasi. 
Bu bo’limni yozishning asosiy qoidasi shundan iborat: bayon imkon qadar 
sodda bo’lishi kerak va texnik jargondan iloji boricha kamroq foydalanish kerak, 
chunki bu bo’limni asosan maxsus muxandislik ma’lumoti yo’q kishilar o’qiydi. 
SHu bilan birgalikda kredit beruvchi tashkilot xodimlarini qiziqtirmaydi deb 
bo’lmaydi - biznes-rejada ishlab chiqarishning asosiy komponentlari bayon etilgan 
bo’lishi kerak. Ishlab chiqarishning rejasi texnik ta’rifdan tashqari ishlab 
chiqarishning iqtisodiy harajatlari hisobini ham o’z ichiga olishi kerak. Bundan 
tashqari quyidagi savollarga javob berilishi kerak: 

Ishlab chiqarish va texnologiyalarning asosiy metodlari qanday? 

Ishlab chiqarish protsessining umumiy tarkibi, tovar ishlab chiqarish 
bo’yicha operatsiyalar jarayoni qanday? Operatsiyalarda ustivorlikka 
erishish mumkinmi? Ishlab chiqarish jarayon tizimini ishlab chiqarish oqimi 
sxemalari yordamida ko’rsatish yaxshiroq? 

Qanday xom ashyo va materiallar zarur? Firmaning asosiy tashkilotchilari 
kim? Ularning nomi manzilini ko’rsatish lozim. 

Salbiy omillar (zaif joylar) aniqlanganmi? Ular, u yoki bu operatsiyalarga 
sarflanadigan vaqt yoki ta’minotchilar bo’lishi mumkin. 

Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qanday kuchlar zarur? Korxonada 
ushbu kuchlar mavjudmi? Ularni kengaytirish, malakasini oshirish rejasi 
bormi va ular biznes reja bosqichlari bilan bog’liqmi? 

Korxona ishlab chiqarish ko’lami samarasiga umid bog’lashi mumkinmi? 
Ko’zda tutiladigan chiqimlar tarkibi qanday? 

Ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirayotganda ko’zda tutilmagan 
vaziyatlar va ularni takrorlanishi qanchalar tez-tez uchraydi? 

Sifat nazorati qanday amalga oshiriladi? 

Mavjud va zarur uskunalar ro’yxati, uni tanlash qanday amalga oshiriladi? 

Ishlab chiqarish qaerda joylashadi? Geografik sharoitlar va joylashgan 


403 
o’rniga ko’ra ishlab chiqarishga bo’lgan talablar qanday? 

Ishlab chiqarishni yuritish uchun bugun va ertaga zarur bo’lgan ish kuchi 
qanday? Ishchilar malakasi uskunalar imkoniyati va xususiyatlariga mos 
keladimi? 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin