Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Strategik rejalashtirish mohiyati va vazifalari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
 
5.3. Strategik rejalashtirish mohiyati va vazifalari 
 
Har qanday korxonaning uzoq muddatli samarali faoliyati, uning iqtisodiy 
o’sishi va rivojlanishi, potensial inson kapitali va boshqa resurslardan eng qulay va 
oqilona tarzda foydalanish imkonini beruvchi strategik yo’nalishlarni tanlash bilan 
belgilanadi. Strategiya korxonaning barqaror iqtisodiy o’sishi va rivojlanishini, 
mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlamog’i lozim. 
Shu o’rinda 
“o’sish”
va 
“rivojlanish”
tushunchalarining mohiyat va mazmuni 
turlicha ekanligiga e’tibor qaratish lozim. 


81 
“O’sish” – korxona o’lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining 
kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv 
hajmining o’zgarishi. 
Rivojlanish esa birinchi navbatda xo’jalik tizimining sifat jihatidan o’zgarish 
va yangilanishi, barcha bo’limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va 
mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko’zda 
tutadi. 
Nazariya va amaliyotda iqtisodiy tizimlarni rivojlantirishning 3 asosiy 
konse’siyasi ajratiladi. 
Ideal – tadbirkorlik obyektiga fan–texnika taraqqiyoti doirasida zaruriy 
innovatsiyalarni joriy etish asosida samaradorlikni oshirishni ta’minlaydigan
o’zgarishlar kiritish. 
Real – moliyaviy – iqtisodiy holatdagi dastlabki salbiy belgilar aniqlanishi 
bilan korxonada qisman reforma (qayta o’zgarishlar) ni amalga oshirish. 
Radikal – boshqaruvni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va 
ishlab 
chiqariladigan 
mahsulot 
raqobatbardoshligini 
oshirish, 
mehnat 
unumdorligini 
oshirish, 
xarajatlarni 
kamaytirish, 
moliyaviy 
natijalarni 
yaxshilashga yo’naltirilgan tub islohotlarni amalga oshirish. 
Rivojlanishdan farqli ravishda korxonada ishlab chiqarishning o’sishi 
quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Gorizontal – mavjud va yangi bozorlarda bir xil turdagi mahsulotlar ishlab 
chiqarish va sotish hajmlarini ko’paytirish orqali (geografik eks’ansiya) 
Vertikal – texnologik jihatdan o’zaro bog’langan ishlab chiqarishni tashkil 
etish yoki birlashtirish orqali ta’minotchi yoki iste’molchiga yaqinlashtirish. 
Diversifikatsiyalangan – turli ishlab chiqarishlarni bir konglomeratga 
birlashtirish. 
O’sish korxona iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo’lib, o’z ichiga 
shakllanish, o’sish, yetuklik, pasayish, barqarorlashuv kabi davrlarni oladi. 
Amaliyotda rivojlanish va o’zaro aloqadorlikda, bir – birini to’ldirgan holda 
maydonga chiqadi. 


82 
Biznes sohasida strategiya quyidagilar tarzida namoyon bo’ladi: 
– korxonaning uzoq muddatli maqsadlariga erishish bo’yicha tashkiliy–iqtisodiy 
choralar tizimi; 
– maqsad, imkoniyat va xodimlar imkoniyatlarini ta’minlaydigan yo’nalishlar 
sifatida; 
– asosiy maqsadga erishish uchun muammolarni va resursni belgilayligan harakat 
dasturi; 
– korxonaning raqobat ustunligiga erishishini ta’minlaydigan samarali ishchan 
konse’siya;
– maqsadga erishish vositasi
– istiqbolni tadqiq etish; 
– korxona faoliyatini boshqarish uslublari tizimi; 
– korxona faoliyati uchun istiqbol yo’nalishlar majmui. 
Korxona miqyosida iqtisodiy strategiya mohiyati 4 ta muhim savolga 
javobda namoyon bo’ladi: 
­
korxona hozir qanday iqtisodiy–moliyaviy holatda? 
­
uning istiqboldagi istalgan va real holati qanday? 
­
kuchli va zaif tomonlarni, xatar va imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda 
rivojlanishning qanday muqobil yo’nalishlari mavjud? 
­
tanlangan strategiyani qanday harakatlar, uslub va vositalar bilan amalga 
oshirish mumkin? 
Mazmuniga ko’ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy 
bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni e’tiborga oladi 
yoki ko’zda tutadi.
Korxonada strategik yechimlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
– korxona joylashadigan joyni tanlash;
– ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiyalash; 
– ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy huquqiy shaklini, mehnatni va ishlab 
chiqarishni tashkil etishning shakllarini o’zgartirish; 


83 
– innovatsiyalar – yangi texnologiyalarni o’zlashtirish, yangi mahsulot turlarini 
yaratish, bozorlarga chiqish; 
– korxonalarni qo’shilishi va mulkchilikning boshqa shakllariga o’tkazilishi. 
Strategiyalarni shakllantirishda tadbirkorlikning quyidagi tamoyillariga rioya 
qilish lozim: 
– ijodiy yondashuv – yuzaga keladigan muammolarni ko’ra olish qobiliyati; 
– innovatsiya – texnika va texnologiyalardagi mehnatni tashkil etish, tovar va 
bozor siyosatidagi o’zgarish va yangilanishlarga tayyorlik
– moslashuvchanlik; 
– korxona faoliyatining barcha sohasini e’tiborga olish; 
– o’zining kuchli tomonlarini rivojlantirish; 
– strategiyani amalga oshirilish qobiliyati;
– samaradorlik; 
– ichki ustunliklarni hisobga olish va xodimlar motivatsiyasini kuchaytirish. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin