Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa 
Ishlab chiqarish va sotish hajmini rejalashtirish korxona ishlab chiqarish 
quvvatlaridan foydalanish hisobi bilan bog’lanadi. Chunki, ishlab chiqarish 
quvvatlarini hisoblash ishlab chiqarish dasturini asoslashning muhim tashkiliy 
qismi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish quvvati deyilganda korxonadagi mavjud jihoz va ishlab 
chiqarish maydonlaridan to’liq foydalangan holda ilg’or me’yor, ilg’or 
texnologiyadan foydalangan holda rejada ko’rsatilgan turdagi mahsulotni yillik 
maksimal ishlab chiqarish bo’lgan hajmidir. 
Ishlab chiqarish quvvati miqdori korxonaning texnik, texnologik va tashkiliy 
darajasining o’sishi bilan o’zgaradi. Korxona ishlab chiqarish quvvati ishlab 
chiqarish hajmi rejalashtirilayotgan birliklarda o’lchanadi.Masalan, avtomobil 
ishlab chiqaruvchi korxona quvvati avtomobil sonida, to’qimachilik korxonasi 
quvvati mato metrida. 
Korxona ishlab chiqarish quvvati sexlar quvvati, yetakchi uchastkalar, 
uchastkalar quvvati, yetakchi texnologik jihozlar guruhi quvvatlari bo’yicha 
aniqlanadi. 
Asosiy sexlar quvvati asosiy mahsulot va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish 
bilan band bo’lgan jihozlar bo’yicha amalga oshiriladi. 
Yordamchi va xizmat ko’rsatish sexlari quvvati asosiy sexlarga 
ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi belgilanadi. 
Korxona ishlab chiqarish quvvati hisobi tarmoqdagi ilor texnologiyalarga, 
jihoz ish vaqti va quvvatidan to’liq foydalanishini e’tiborga olgan holda amalga 
oshiriladi. Jihozlarning unumdorligi normalari ularning texnik xarakteristikalari 
bilan belgilanadi. 
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda faqat texnologik jihatdan ko’zda 
tutilgan yo’qotishlar e’tiborga olinadi. Tashkiliy texnik sabablarga ko’ra yuzaga 
kelgan yo’qotishlar hisobga olinmaydi. 
E’tiborga olish vaqtida asosan ishlab chiqarish quvvatining 3 turi ajratiladi: 
boshlanich, chiqish, o’rtacha yillik. 


197 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin