Issiq iqlim sharoitida bolalarni jismoniy tarbiyalash


Chiniqtirishning asosiy tamoyillari



Yüklə 43 Kb.
səhifə2/3
tarix01.04.2023
ölçüsü43 Kb.
#92063
1   2   3
Issiq iqlim sharoitida bolalarni jismoniy tarbiyalash

Chiniqtirishning asosiy tamoyillari
Bolalarni chiniqtirish tadbirlaridan tashqari uning uch xil tamoyillarini ham ko‘rib chiqamiz.
1. Muntazamlilik.
2. Chiniqtirish miqdorini asta-sekin va izchillik bilan oshi- ra borish.
3. Har bir organizmning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
1. Muntazamlilik kursi. Agar bola organizmiga har kuni past yoki yuqori harorat ta’sir qilinsa, bu organizmda tegishli ravishda shartli reflekslar paydo bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida, yozda Rossiyaning o‘rta mintaqasidan kelgan bolalar o‘zlarini nisbatan yomon sezadilar: ular ko‘p suv ichadilar, nafaslari qisiladi, tez-tez nafas oladilar. Hatto ularning organizmi ortiqcha qizib ketadi. Issiq iqlimda yashay boshlaganlaridan keyin bu salbiy hollar asta-sekin yo‘qoladi va bola ko‘nika boradi (adapratsiya hosil bo‘ladi). Past haroratga ko‘nikishda ham xuddi shunday hol ro‘y beradi. Biroq chiniqqanlik adaptatsiya hosila xususiyatlari bo‘lib, chiniqtirish ishi to‘xtatilishi bilan ular yo‘qolib ketishi mumkin. Chiniqtiruvchi tadbirlarning muntazamliligiga, ya’ni ularning ahyon-ahyonda emas, balki muntazam ravishda olib borilishi kerak. Chiniqtirishdagi uzoq tanaffuslar organizmning hosila himoya reaksiyasini kuchsizlantiradi yoki yo‘qotadi. Shuning uchun uzoq muddatli tanaffuslardan keyin chiniqtirishni boshidan boshlash, birnecha kunlik tanaffusdan keyin esa so‘nggi o‘tkazilgan mashqlardan boshlash zarur.
2. Chiniqtirish miqdorini asta-sekin va izchilik bilan oshira borish. Chiniqtirishni birdaniga katta miqdorda boshlamaslik va miqdorni asta-sekinlik bilan oshira borish zarur. Bolalarni chiniqtirishda yuklamasini asta-sekin va izchillik bilan oshira borish tamoyiliga amal qilish juda muhim ahamiyatga ega, bola qanchalik yosh bo‘lsa, bu qoidaga rioya qilish shunchalik muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Har bir organizmning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Yoshlari teng bo‘lgan bolalar o‘z jismoniy rivojlanishlari, salomatliklariga qarab sovuqni yoki oftob ta’sirini sezishlari bo‘yicha bir-birlaridan farq qiladilar. Jismoniy tamondan yaxshi rivojlanmagan yoki yaqinda biror kasallikni boshidan kechirgan bola tashqi muhit sharoitining o‘zgarishini so‘g‘lom va baquvvat bolalarga nisbatan ancha kuchliroq, tezroq sezadi.
Bunday hollarda chiniqtirish miqdorini asta-sekinlik bilan oshira borishda izchillik tamoyiliga rioya qilish juda muhim ahamiyatga ega. Chiniqtirish tadbirlarini boshlashdan oldin bolani shifokorga ko‘rsatish zarur. Bolalarda biror surunkali kasallik (tonzilit, shamollash)ning kuchayish alomatlari sezilsa, chiniqtirish tadbirlarini boshlamaslik kerak. Ikkinchidan, yuqori nafas yo‘llarining tez-tez yallig‘lanib turishi, angina, chipqon, chiniqtirishni boshlash zarurligini ko‘rsatuvchi alomatlardir. Bunday hollarda ma’lumki, yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklar bilan og‘rigan bolalar muntazam chiniqtirilganda, ular bunday kasalliklardan tuzalib ketadilar.
Chiniqtirish ta’sirlari birortasini muntazam qo‘llanishi faqat shu taassurotlarga nisbatan shartli refleks paydo bo‘lishiga olib keladi. Organizmni har tomonlama chiniqtirish, issiq va sovuq- qa, yomg‘ir va shamolga bemalol chidab berishi uchun quyosh havo va suvdan alohida-alohida holda ham, birgalikda ham foydalanish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablarida chiniqtirish vazifalarini turli yosh guruhlarda qo‘llanilishi belgilangan. Chiniqtirish tadbirlari bolaning yoshi- ga va rivojlanishiga qarab belgilanadi. Shifokor tafsiyasiga ko‘ra bolaga individual yondoshgan holda amalga oshiriladi. Chiniqtirishning asosiy vositalari tabiat in’omlari – havo, suv va quyosh vannalari hisoblanadi.
Quyosh vannalari – organizmni chiniqtirishning oson vositasi hisoblanadi. Havoning organizmga chiniqtiruvchi ta’siri havo harorati bilan teri harorati o‘rtasidagi farqqa bog‘liqdir.
Havo vannasini xona ichida boshlash va asta-sekinlik bilan ochiq havoda (yilning issiq fasllarida) bajarishga o‘tish kerak. Havo vannasini havo haroratini asta-sekin pasaytirish yoki o‘sha haroratning o‘zida havo vannasini qabul qilish muddatini asta-sekin uzaytira borish yo‘li bilan miqdorlash mumkin. Havoning namligini va uning harakatini e’tiborga olish lozim. Bu ko‘rsatkichlar qancha yuqori bo‘lsa havoda yurish muddati shuncha qisqa bo‘lishi kerak. Harakat paytida qabul qilingan havo vannalari bolalarning harakat faoliyati vaqtida havoning terining yalang‘och qismiga bevosita ta’sir etishini ta’minlaydi. Bunday havo vannasidan eng maqsadga muvofig‘i va tabiiy ko‘rinishi ochiq havoda derazalari ochiq xonalarda o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridir. Havo vannalarini bunday o‘tkazish sovuq havo va jismoniy mashqlar bolaga bir vaqtning o‘zida ta’sir qildiriladi. Havo bilan chiniqtirishda bolani yil bo‘yi har kuni muntazam ravishda sayr qildirish ham tavsiya etiladi. Sayr vaqtida bolalar band bo‘lishi, unda faol qatnashishi, sovuq qotmasligi, haddan tashqari isib ketmasligi uchun ular bilan kam harakatli o‘yinlar tashkil etilishi kerak. Kun sovuqroq bo‘lganda ko‘p harakat talab qilinadigan o‘yinlar o‘tkaziladi. Bolalarni bog‘cha maydonidan tashqarida sayr qildirish uchun bog‘cha yaqinidagi parklar, xiyobonlar, bog‘larni tanlash kerak.
O‘zbekistonda bolalar aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab to oktabr oyigacha yengil kiyimda havoda bo‘lishlari ke rak. Havo haroratiga qarab mayka, trusi va shippaklarda yurish lozim. Yozgi mavsumda bolalarni deyarli hamma vaqtini ochiq havoda tashkil etish lozim.
Yurtimizning quruq va issiq iqlim sharoitida bunday ishlar olib borishga hamma sharoitlar mavjud: bolalar muassasalaridagi o‘yinlar uchun qurilgan shiyponlar, sport maydonchalari, suv havzalari, ochiq ayvonlar.
Suvni haqli ravishda obi-hayot deb atashadi. Ustidan muntazam suv quyib turgan va ayniqsa, sovuq suvda muntazam cho‘milib yurgan kishilar intensiv ravishda jismoniy mashq bilan shug‘ullansalar bu chindan ham tetik va salomatlikning kuchli manbayi bo‘ladi. Haqiqatan ham suvda chiniqtirish tadbiri ham- ma uchun qulay bo‘lgan va sog‘liqni mustahkamlashda eng samarali bo‘lgan vositadir. Hatto juda qisqa muddat boshdan suv quyish tadbiri ham markaziy asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, charchoqni oladi, kishini tetik qiladi va kayfiyatini ko‘taradi.
Sovuq suv ta’sirida qon tomirlari va teridagi mayda tomir- lar (teridagi tomirlarda odam a’zosidagi barcha qonning uchdan bir qismi joylashgan bo‘ladi) reflektor tarzida qisqaradi. Shuning hisobiga badanning tashqi a’zolaridagi qonning bir qismi o‘z joyini o‘zgartirib ichki a’zolarga ko‘chadi va qisman miyaga ham o‘tadi hamda o‘zi bilan organizm hujayralariga qo‘shimcha ozuqa moddalari va kislorod olib boradi. Dastlabki tarzdagi qisqa muddatli teri tomirlari qisqarishi jarayonidan keyin reaksiyani ikkinchi reflektorlik fazasi uning kengayish bosqichi boshlanadi. Bunda terining qizarishi va asta-sekin isishi sodir bo‘ladi. Bunda odam issiqlikdan xushnud bo‘lib tetiklashadi va unda muskullar faolligi paydo bo‘ladi. Qon tomirlarining qisqarishi, keyinchalik esa ularning – bu yurak-qon tomir tizimi uchun o‘ziga xos bir gimnastika bo‘ladi. Buning natijasida qon aylani- shi yaxshilanadi. Sovuq suvda chiniqish eng avvalo organizmdagi termoregulatsiyaning takomillashuvidir.
Suv tadbirlari artinish, boshdan suv quyish, dush, cho‘milish (basseyn, daryo, ko‘l, dengiz) kabi muolajalardan iborat. Shifokorning bolalarning yakka xususiyatlari va sog‘lig‘ini hisobga olib bergan tavsiyasi bu muolajalarni belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Artinish hamma yosh guruhlarida yumshoq bo‘lmagan qo‘l- qopchalar bilan o‘tkaziladi. Doira yoki yarim doira bo‘lib tur- gan holda, ular bir vaqtda ko‘krak, yelka va qo‘llarini ishqalab artadilar, shundan so‘ng o‘girilib qo‘lqoplarining orqada tur- gan bolalarga beradilar va ularning har biri o‘rtog‘ining orqasi- ni ishqalaydi. Shunday qilib bola artinish jarayonida harakatda bo‘ladi, sovuq qotmaydi va tarbiyachi rahbarligida zarur hayotiy ko‘nikmaga o‘rganadi. Butun protsedura 10 minut davom etadi. Suvni harorati +33...+35 darajadan boshlab asta-sekin +10...+12 darajagacha pasaytiriladi. Badanda sovuqni sezgan zahoti birnecha badan qizdiradigan mashqlar bajariladi.
Kontrast dush (navbat bilan iliq va sovuq suv quyish) chini- qishni samarali vositasidan biri bo‘lib, asab tizimi tonusini ancha ko‘taradi. Kontrast dushlarning o‘rtacha haroratining o‘zgarishi + 10... +15 daraja badanning issiq-sovuqqa o‘rganib borishiga qarab, kuchli kontrast dushga o‘tish mumkin.
Dush qabul qilish va artinishda suv harorati har uch kunda 1 daraja pasaytirilib, +20 dan +18 darajagacha tushuriladi. Qish kunlari esa 4– 6 kunda pasaytirilib, suv quyishda oxiri +25 darajaga tushiriladi. Oyoqlarga xona haroratidagi suv quyiladi.
Ochiq suv havzalarida cho‘milish suvda chiniqtirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Cho‘milishni yozda boshlagan ma’qul, so‘ngra haftasiga 2–3 martadan cho‘miltirib, bu tadbirni muntazam davom ettirish lozim. Cho‘milish chog‘ida shaxdam harakatlar qilish, eng yaxshisi suvda suzib yurish kerak. Suzish vaqtida suv muhiti badanni go‘yo yengil massaj qilgandek ta’sir ko‘rsatadi. Suvda bo‘lish vaqti havoning va suvning haroratiga qarab, cho‘milish vaqti belgilanadi. Masalan, suvning harorati +22...+25° C, cho‘milish davomiyligi 40–60 minut, suv harorati +18...+21° C, cho‘milish davomiyligi – 30–40 minut. Cho‘milib chiqqan- dan keyin, boshini quriguncha artish, tez kiyinib olish lozimdir. Sovuq suvda chiniqish, shu jumladan cho‘milish vaqtida bolan- ing haddan tashqari sovub ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bo- lalarni “g‘oz terisi”dek ko‘karib ketishi, lablarining gezarishi, badanning uvishib qaltirashi sovuqning haddan tashqari ortib ketgan yuklamasidan dalolat beradi. Badan sovub ketgan vaqt- larda, uni sochiq bilan qizarguncha artish tavsiya etiladi yoki qizdiruvchi mashqlar, yugurishlar bajariladi. O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida bolalarni ochiq basseynlarda iyun– sentabr oylarigacha, yopiq basseynlarda yil davomida olib borish tavsiya etiladi.

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin