2019 R M Yusupaliyev issiqlik elektr stansiyalarda yoqilgi yoqish
Qattiqyoqilg‘ilarningturlarivakimyoviyiarkibi
Y oqilg'ilar hosil bo‘lish jarayonlari b o ‘yicha uch xil turga qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda bo’ladi. Barcha turdagi organik yoqilg‘ilar asosan quyidagi S, N, O, N va S elem entlam ing o ‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Shu bilan birgalikda har qanday organik yoqilg'ilar tarkibida ulam ing yonish jarayonlarida issiqlik ajratib chiqarmaydigan mexanik birikmalar ham mavjud bo'ladi.
Bunday birikmalar yoqilg‘ilam ing yonmaydigan qismini tashkil etadi. Qattiq yoqilg‘ilar tarkibidagi bunday m oddalami “ballast”lar deyiladi. Qattiq yoki suyuq yoqilg'ilar tarkibida qancha ko‘p miqdorda mexanik ballastlar m a\jud b o ‘lsa, ulam ing yonishida shuncha ko'p miqdorda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori kamayadi. Natijada yoqilg‘ining yonish issiqligi pasayadi va ajralib chiqayotgan kul miqdori shuncha k o ‘p bo‘ladi. Energetik qattiq yoqilg'ilarning kullik darajasi adabiyotlarda “ A” harfi bilan belgilanadi
Y oqilg‘i tarkibida mexanik birikmalar bilan birgalikda suv molekulalari ham mavjud bo‘lib, suv molekulalari yoqilg‘i tarkibida adsorbiyalangan, obsorbsiyalangan hamda yoqilg‘i tarkibini tashkil qiluvchi moddalar bilan kimyoviy bog'langan holatda bo‘ladi va W harfi bilan ifoda etiladi.
Quyidagi jadvalda qattiq yoqilg‘ilarning kimyoviy tarkibini tashk' 1 qiluvchi m oddalam ing turlari keltirilgan.
1 - jadval
Yonuvchi qism
Ballastlar yonmaydigan qismi
S
N
O
N
S
Mineral qismi kullik darajasi A
Ballastlar namligi W
M a’lumki, asosiy energiya manbalari tabiiy energiya resurslaridan tashkil topgan. Bularga: qazilma organik yoqilg'ilar: daryo va shamol energiyasi. parchalanadigan radioaktiv moddalar, quyosh nuri energiyasi, yerning geotermal energiyasi va shu
kabilar kiradi. Bulardan eng muhim energetik resurslardan, tabiiy qazilma yoqilg’ilari hisoblanadi. Issiqlik energiyasining barcha tarmoqlarida bunday yoqilg‘ilar keng ko’lamlarda ishlatiladi, shu bilan birgalikda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida hamda energetika sohasining rivojlanishida muhim rol egallaydi. Dengiz atrofida joylashgan mamlakatlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishda keng miqyosda daryolarning erkin pastga oqib tushadigan hamda dengiz to'lqinlar harakatidan ya’ni, gidroenergiyasidan ham foydalaniladi.
Tuganmas issiqlik energiya manbai deb asosan quyosh nuri energiyasi hisoblanadi. Quyosh nuri energiyasidan hozirgi vaqtda yetarli darajada foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda. Yer tagida issiqlik energiyasining ko‘p miqdorda manbalari ham mavjud, ular yer ustiga bug’ va issiq suv holatida ko‘tariladi. Geotermal energiyadan hozirgi vaqtda issiqlik va elektr energiyasi olish ham yo’lga qo'yilm oqda.
So'nggi yillarda yuqori taraqqiy etgan mamlakatlarda issiqlik manbai sifatida atom ichki yadro energiyasidan keng foydalanilmoqda. Bu holda issiqlik ajralib chiqish. og‘ir elementlarining ba’zi izotoplari yadrosining parchalanish reaksiyasi natijasida vujudga keladi. Masalan: issiqlik energiyasi tabiiy U235 uran, Pu239 plutoniy va U232 U235, Pu239, U232 yadroli yoqilg'ilar deb aytiladi. Termoyadro reaksiyasi natijasida yuqorida keltirilgan izotoplarning yadrosi parchalanishi natijasida ajralib chiqqan issiqlik energiyasi oddiy yoqilg‘ining yonishidan ajralib chiqadigan energiyadan bir necha barobar yuqori.
Masalan: 1 kg yadroviy yoqilg'ining parchalanishidan taxminan 80 milliard kJ issiqlik energiyasi ajralib chiqsa, 1kg yuqori sifatli toshko’mirning yonishidan 30000 kJ issiqlik ajralib chiqadi. Hozirgi vaqtda parchalanadigan yadroviy moddalarning umumiy zahirasi tabiiy qazilmali organik yoqilg‘ilardan bir necha barobar ko‘p miqdorda.
Termoyadro reaksiyasi natijasida yoki yengil atom yadrolari
sintezida juda ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Ularni sintez qilishda eng qulay materiallardan biri, bu suvda uchraydigan deyteriy ya’ni vodorodning tabiiy izotopidir. Masalan: 1kg tabiiy
suvdan ajralib chiqadigan deyteriy yadrosining termoyadro reaksiyasi sintezida 1 kg neftni yoqishdagi ajralib chiqadigan issiqlikdan bir necha barobar ko‘p miqdorda energiya hosil bo'ladi.
Termoyadro reaksiyalarini boshqarish murakkab ilmiy-texnik qiyinchiliklardan iborat, shu sababli bu muammoni yechish uchun dunyodagi barcha olimlar qator izlanishlar olib bormoqdalar. Turli energetik manbalarga qaramasdan hozirgi paytda asosiy issiqlik manbai sifatida asosan tabiiy organik qazilma yoqilg‘i!ari ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda neft, gaz va gaz kondensati zahiralari o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlabgina qolmay bunday energiya manbalari boshqa mamlakatlarga eksport ham qilinmoqda. Hozirgi vaqtda bu soha kapital mablag‘ sarflashning eng foydali sohalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu o 'rinda neft va gaz zahirasi mavjud bo‘lgan 5 ta asosiy mintaqani ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro, Xiva, Janubiy G 'arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg'ona Mintaqalaridir. Respublikamizdagi neft va gaz resurslarining zahiralari hozirgi vaqtda bir trillion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda.
Qidirib topilgan zahiralar, rcspublika ehtiyojini tabiiy gaz bo'yicha 35 yildan ko'proq, neft bo‘yicha esa-30 yilgacha qoplaydi deyish mumkin. Neftning 90 foizdan ortiqrog‘i eng arzon-favvora usulida olinmoqda.Bunday imkoniyatlar O‘zbekistonning neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la taminlay oladi.
Yoqilg‘ilarning quyidagi asosiy xususiyatlari ularning ishlatilishida muhim ahamiyatni belgilaydi:
Yonish issiqligi issiqlik hosil qilish xususiyati, ya’ni qattiq yoki gazsimon yoqilg'ilardan ajralib chiqqan issiqlik miqdori. Issiqlik ajralib chiqishi, yonish haroratiga yoqilg‘ining to’liq yonishi sharoitiga bog‘liq bo‘ladi,ammo ajralib chiqqan issiqlikning bir qismi yonish jarayonida hosil bo‘lgan moddalami isishiga ham sarflanadi.
Yoqilg‘ilarning ballast miqdori esa qattiq va suyuq yoqilg‘ining mineral qismi, namligi, gazsimon yoqilg‘ida esa azot va uglerod (IV) oksidi miqdori bilan xarakterlanadi. Ballast yoqilg‘ining
10
yonish issialigini kamaytiradi, uning yoqilg‘i ta’rkibida ko‘p miqdorda bo'lishi issiqlik ajralib chiqishini ham sezilarli darajada pasaytiradi: Bunday moddalar, ayniqsa, qattiq yoqilg‘ining sifatini pasaytiradi.
Yoqilg'ilarning yoqishga qulayligi va yoqilg'i sanoatida sarflanadigan kapital m ablag'lar hajmi, yoqilg‘i qazib olish qiyinchiligi va konlarni izlab top;sh xarajatlari bilan belgilanadi. Qazib olirtadigan yoqilg‘i moddalar sifatida asosan yer osti yoki ulardan sun’iy usul bilan olingan har xil yoqilg'ilar kiradi. Bimday yoqilg‘ilarning asosiy xususiyatlari ularmng havo tarkibidagi kislorod bilan faol birikishi va katta m iqdorda tabiiy zahirasi bo‘lishi va sanoatda keng ishlatilishi bilan belgilanadi. Yonuvchi moddalar issiqlik berish xususiyatiga asosan ishlatilish sohasi belgilanadi.
Bulardan tashqari qazib olinishi, olib kelinishi, oltingugurtliligi, kokslanishi, namlik, kullik darajasi. issiqlikka chidamliligi, uchuvchan moddalar miqdori maydalanish xususiyati ham muhim ahamiyatga ega. Yoqilg‘i ta’minoti ta’minlashiga ko‘ra: mahalliy va olib keltirilgan yoqilg'i turlaridan bo‘linadi iborat. Y oqilg'ilar tiklanishi bo‘yicha qayta tiklanadigan (gidroenergiya, geotermal energiya, quyosh nuri energiyasi va tiklanmaydigan qazilma organik yoqilg'ilari, yadroli yoqilg'ilar) ga bo'iinadi. Yoqilg‘i olinishiga ko‘ra tabiiy va sun’iy turlarga bo'iinadi. Sun’iy yoqilg'ilar tabiiylardan fizik-mexanik yoki fizik-kimyoviy sharoitda maxsus qurilmalar yordamida qayta ishlab chiqarish yo‘li bilan olinadi. Fizik-kimyoviy qayta ishlanishi natijasida yoqilg'ilarining tashqi ko'rinishi, tuzilishi, kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari o‘zgaradi. Tabiiy qattiq yoqilg'ilarini qayta ishlash natijasida asosan quyidagi yoqilg'i turlari, changsimon yoqilg‘i, briketlar, koks, chala koks hamda suyuq yoqilg‘ilar olinadi. Neftni qayta ishlash natijasida har xil yoqilg‘ilardan tashqari turli xil qimmatbaho kimyoviy mahsulotlarni ham olish mumkin.
Yoqilg'ilar ishlatishiga ko‘ra energetik yoki texnologik yoqilg'ilardan iborat. Energetik yoqilg'ilar issiqlik va elektr energiya olish qurilmalarida texriologik yoqilg'i sifatida, erituvchi,
11 isituvchi, qaynatuvchi, kuydiruvchi pechlarda hamda kimyo sanoatida xomashyo sifatida issiqlik elektr stansiyasida ishlatiladi. Energetik yoqilg'i sifatida asosan, antratsit, toshko'mir va qong'irko‘mir yonuvchi slanetslar, tabiiy gaz hamda neftni qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan mazut mahsuloti ishlatiladi.
So‘nggi yillarda yoqilg‘i energiyasidan texnologik foydalanishning kompleks usuli keng ko‘lamda qo‘llanilib kelmoqda, shunga ko‘ra, yoqilg'i dastlab, texnologik ishlanib, kimyo sanoati uchun xomashyo sifatida, qimmatbaho mahsulotlar olish maqsadida ishlov berilib ishlangan mahsulotdan qolgan qoldiq energetik yoqilg'i sifatida foydalanilmoqda.Misol tariqasida kokslash jarayoni, yonuvchi slanetsning qayta ishlanishini keltirish muinkin.
Yoqilg'i turlari issiqlikka chidamli yoki chidamsizga bo'linadi. Issiqlikka chidamli yoqilg'ilar qizdirilganda o'zining kimyoviy tarkibini o'zgartirmaydi. Bunday yoqilg'ilarga koks, benzin, kerosin va boshqalar kiradi. Issiqlikka chidamsiz yoqilg'lar qizdirilganda Yangi turdagi birikmalarni hosil qiladi va parchalanadi.Bunday yoqilg'ilarga o'tinlar, torf, qo'ng'ir- toshko'mir, yonuvchi slanetslar va antratsit ko'miri kiradi. Tiklanishiga ko'ra qayta tiklanadigan ya’ni o'simliklardan hosil bo'lgan yoqilg'ilar har xil (o'tin, torf) va qayta tiklanmaydigan (qazilma ko'mirlar), neft va tabiiy gazlarga bo'linadi. Qattiq yoqilg'ilar quyidagi xossalarga asosan: uchuvchan moddalarning kam bo'lishi, qoldig'ining turlari, namligi va kul miqdorlari kabi xossalari bilan farq qiladi. Yoqilg’ ilaming bu xususiyatlari ularing hosil bo'lish jarayonlariga bog'liq, ya’ni bitta shaxtadan olingan yoqilg'ilarining xususiyati har xil bo'lishi ham mumkin.