Lekin sovitish ta rm o g ‘ida qaynagan suvning quyqasi c h o ‘kib, suv g'ilofl,
devorlarida tuz qatlami paydo bo'ladi. Natijada silindrlar blokining issiqlik
o ‘tkazish
qobiliyati sustlashadi, suv g ‘iloflarining devorlari zanglash
natijasida yemiriladi. Suv qishda muzlab, dvigatelning devorlarini darz
ketkazishi yoki yorib yuborishi m um kin. S huning uch u n sovituvchi
suyuqlik sifatida yuqorida aytib o ‘tilgan kamchiliklardan holi b o ‘lgan
antifriz keng q o ‘llanilmoqda. Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi.
Antifriz M-40: 47
foiz suv, 53 foiz etilenglikol (muzlash harorati 23 3 K)
(-40°C); antifriz M-65: 34 foiz suv,
66
foiz etilenglikol (muzlash harorati
207K) (
66
°C). Antifriz kishi organizmi uchun zaharli. U ning issiqlik
sig‘imi suvnikiga nisbatan ancha kam. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik
sifatida antfriz q o ‘llanilganda tizimning issiqlik
tarqatish qobiliyati suv
bilan sovitilgandagiga nisbatan past. Natijada silindrlar devorining harorati
15 ... 20°C ga ortiqroq qiziydi. Shu sababli antifrizning issik kunda
qoMlanilishi b a ’zan dvigatelni haddan tashqari qizdirib yuboradi. Yuqorida
aytilgan sabablarga ko'ra sovituvchi suyuqlik sifatida qish davrida antifriz
va yoz kunlarida toza yumshoq suv ishlatish maqsadga muvofiq. Tizim da
ishlatish uchun yom g‘ir yoki qor suvi tavsiya qilinadi.
C hunki bu suv
yumshoqlik xususiyatiga ega. Bu maqsadda quduq, bulok yoki dengiz
suvini ishlatish yaramaydi. Daryo va ko'l suvlarini yumshatish u chun bu
suvlar 30...40 minut qaynatiladi va sovitish tarm o g ‘iga quvishdan a w a l
besh-olti qavat dokadan o'tkazib tozalanadi.
Dostları ilə paylaş: