12-rasm.
Material balandligini datchik yordamida o’lchash.
O’rnatilgan ob’ekt ichidagi material(gazmol) ning balandligiga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Ob’ekt ichidagi gazmol (yoki boshqa hom ashyo) balandligi nur yo’lini to’la berkitsa, rezistordan o’tadigan tok nolga yaqin bo’ladi, nur yo’li ochilishi bilan rezistor zanjirida tok orta boshlaydi.Ob’ekt ichidagi gazmol balanligi ana shu rezistordagi U kuchlanish miqdori bilan o’lchanadi.Buning uchun rezistordagi kuchlanish miqdori oldin signal kuchaytirgich yordamida kuchaytiriladi, so’ngra o’lchov asbobiga uzatiladi.
6. Xolst va pilik notekisligi sezgichlari hamda tekislovchi regulyator. Ip yigiruv jarayonlarini avtomatlashtirishda mahsulotning uzunligi (qalinligi) bo’yicha zichligini stabillaydigan avtomatik sistemalar qo’llaniladi. Bunday sistemalar xolst tayyorlash agregatida, tarash, pilta, pilik mashinalaridan chiqadigan mahsulotlarning uzunligi bo’yicha bir tekis bo’lishini ta’minlaydi.Buning uchun xolst, pilta, pilik notekisligini sezib signal beruvchi sezgichlar qo’llaniladi.(13-rasm)
Mexanik sezgichlar (13-rasm, a, b , v , g ) aylanasi bo’yicha ma’lum kenglik va chuqurlikda o’yilgan aylanuvchi valik bilan birga aylanuvchi ikkinchi valiklardan tuzilgan bo’lib, notekisligi kontrol qilinadigan mahsulot-pilta ana shu valiklar orasidan o’tadi. Pilta qalinligi oldindan belgilangan qiymatdan ortsa, ustki valik yuqoriga, kamayganda esa pastga suriladi (13-rasm, v). Bu surilish miqdorlari pilta qalinligini stabillab turadigan avtomatik sistemalar uchun asosiy boshqaruvchi informasiyalar bo’lib hizmat qiladi. Mexanik sezgichlarning tuzilishi sodda bo’lib, geometrik o’lchamlari kichik va uzoq vaqt ishonchli ishlay oladi.
13-rasm.
Paxta, jun kabi to’qimachilik mahsulotlarining ( pilik, lenta, xolst) uzunligi bo’yicha zichlik datchiklari.
Pnevmatik sezgichlar (12-rasm, d , e) paxta materiallaridan havo bosimi o’tishi qonuniga muvofiq ishlaydi.Mahsulot qalinligi ortsa, o’lchov kamerasidagi havo yo’li birmuncha to’silib, o’lchov kamerasidagi bosim ortadi.Paxta qalinligi kamayganda esa o’lchov kamerasidagi bosim kamayadi.
Kondensatorning elektr sig’imi o’zgarishiga asoslangan sezgich 13-rasmda ko’rsatilgan. Bu sezgichlarning o’lchov aniqligiga muhit temperaturasi, material namligi, tola turining o’zgarishi ta’sir qilishi ularning kamchiligi hisoblanadi.
Amalda lenta yoki xolstning elektr qarshiligini o’lchashga asoslangan fotoelektrik radiaktiv sezgichlar ul’tratovush to’lqinlar tezligining o’zgarishiga asoslangan sezgichlar qo’llaniladi.
Lenta qalinligi berilgan qiymptdan ortib ketsa, uni tovush yo’li bilan cho’zib tekislanadi va bu lenta tekislashning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shu prinsipda ishlaydigan mehanik sezgichlar avtomatik sistemasining sxemasi 14-rasmda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |