Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblari


- rasm. Sig’imli sath balandligi 9– rasm. Sath balandligi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə9/13
tarix18.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#100225
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblar

8- rasm. Sig’imli sath balandligi 9– rasm. Sath balandligi
o’lchagichining sxemasi. signalizatori

Sath balandligi signalizatori (9-rasm). Signalizatorning ishlash prinsipi elektrodlar 4 suyuqlik orqali ulanishi bilan rele cho’lg’ami 3 dan tok o’tishi va uning kontakti 3 ulanishi bilan signal lampasi SL yonib yorug’lik signali berishga asoslanadi. Elektrodlar 4 ta’minlovchi transformator 2 ning ikkilamchi cho’lg’amiga MKU 48 tipidagi elektromagnit rele o’ramasi 3 orqali ulangan. Suyuqlik sathi elektrodlargacha ko’tarilib ularni ulasa, suyuqlikning o’tkazuvchanligi tufayli, signal lampasi SL yonadi, aksincha, suyuqlik sathi pastga tushib elektrodlarni uzsa, signal lampasi o’chadi.


Signalizator zanjiridagi kuchlanish o’zgarmas tokda 24 V, o’zgaruvchan tokda esa 36 V bo’ladi. Bunday signalizatorni qovushqoq, kristallanuvchi, qattiq cho’kmalar hosil qiluvchi va elektrodlarga yopishib qoluvchi muhitlarda ishlatib bo’lmaydi.
Yuqoridagi sath o’lchagichlardan tashqari amalda yana bir necha sath o’lchagich asboblari mavjud : manometrik, radiaktiv yoki ultratovushli ; suyuqlik ichida ko’milib turadigan qalqovichli va boshqalar. Masalan, radioizotopli sath o’lchagichlar germetik berk idishdagi suyuqlik sathini tashqaridan turib ta’sir qiladigan γ nurlarning yutilishiga muvofiq o’lchaydi. O’lchash xatoligi 1....2 mm.
Oxor eritmasining sath balandligini elektrodli sezgich bilan kontrol qilish ( 10 –rasm ). Elektrodlar 1, 2 jezdan tayyorlangan bo’lib, oxor eritmasi vannasiga oldindan belgilangan balandliklarda o’rnatiladi. Eletrod 1 oxor eritmasining yuqorigi balandligini, elektrod 2 pastki balandligini belgilab turadi. Tanda (o’rish) ipini oxorlash jarayoni 1 va 2 elektrodlar orasida bo’lishini ta’minlash va kontrol qilib turish kerak.



10- rasm.
Oxor eritmasi sath balandligini elektrod datchiklar bilan kontrollash
( rostlash ) sxemasi.

Shunday bo’lgandagina oxorlash vannasidan ma’lum tezlikda tinimsiz o’tib turadigan tanda (o’rish) ipi sifatli oxorlanadi.


Oxorlash jarayonida oxor eritmasi tanda (o’rish) ipi tomonidan shimilishi sababli eritmaning sath balandligi o’zgaradi, shuning uchun uni rostlab turish kerak. Bu funksiyani elektrodlardan olingan signallar asosida ishlaydigan ikki pozisiyali rostlash sistemasi (10-rasm) bajaradi. Oxor eritmasining balandligi elektrod 2 dan pasayganda, ya’ni 1 va 2 elektrodlar orasidagi eritma orqali bo’ladigan kontakt uzilganda, transformator II cho’lg’amiga ulangan rezistor R zanjiridan tok o’tmaydi, L1 lampa to’ridagi manfiy potensial nolga teng bo’ladi, lampa ochilib, uning anod zanjiridagi transformator III cho’lg’amidagi kuchlanishga mos tok o’tadi.Bu tok elektromagnit rele R ni ishga tushiradi. Shunda uning R1 kontaktlari ulanadi va R2 hamda R3 uziladi.R1 kontakt ulanishi bilan asinxron motor M elektr tarmog’iga ulanadi. Motor aylanib romtlovchi organ RO jo’mragini ob’ektga oxor eritmasi tushadigan tomonga aylantiradi.Ob’ektga oxor eritmasi tusha boshlaydi. Jo’mrak oxirigacha buralib to’la ochilganda undagi cheklovchi yo’l uzgichining kontakti uzilib (sxemada ko’rsatilmagan), motor zanjirini ham uzib qo’yadi. Shunda motor aylanishidan to’xtaydi, lekin jo’mrak ochilganicha qoladi, vannaga oxor eritmasining kelishi davom etaveradi. Eritma balandligi elektord 1 ga etganda, elektrodlar 1 hamda 2 eritma orqali ulanadi. Transformatorning II cho’lg’amidagi kuchlanishga muvofiq R rezistordan tok o’tadi.Bu L1 lampa to’rida manfiy potensial hosil qiladi.Lampa yopiladi, undan tok o’tmaydi, R rele cho’lg’ami toksizlanadi, uning R1 kontaktlari uziladi va R2 hamda R3 ulanadi. Shunda motor teskari tomonga aylanib, jo’mrakni berkita boshlaydi. Jo’mrak yopilganda ikkinchi cheklovchi yo’l uzgichining kontakti motor zanjirini uzib qo’yadi. Motor aylanishdan to’xtaydi. Endi eritmani tanda ipiga shimilib chiqib ketishi sababli oxor eritmasining sathi balandligi kamaya boo’laydi.Eritma balandligi elektrod 1 dan pasayishi bilan 1 , 2 elektrodlar orasidagi eritma orqali bo’ladigan kontakt uziladi. Rezistor R dan tok o’tmaydi, to’rdagi manfiy potensial yo’qolib, L1 lampadan tok o’ta boshlaydi. R rele ishga tushib R1 kontaktni yana ulaydi. Shunda motor ishga tushib, jo’mrakni ochish tomonga yana aylantira boshlaydi. Shunday qilib, vannadagi eritma sathi balandlini ikki holat oraqig’ida kuzatib, rostlab turish odam ishtirokisiz davom etib turaveradi.
4. Fotosezgichlar. Jun va tolali hom ashyolarning bunker va labazlardagi balandligini kontrol qilish, o’lchash va rostlab turish uchun amalda fotosezgichlar keng ishlatiladi (11-rasm ).
Fotosezgichlar tolali materiallar balandligini berilgan ikki holat( pastki va ustki) oralig’ida o’lchash va uni elektr signaliga aylantirib berish uchun hizmat qiladi. Ustki balandligi fotosezgich FS1 va uning qarama- qarshisiga o’rnatilgan L1 lampa yordamida pastki balandligi esa FS2 va uning qarshisiga o’rnatilgan L2 lampa yordamida qayd qilinadi.
Bunkerdagi paxta balandligini o’lchash va u haqida elektr signal orqali informasiya olish, fotorezistorlarning elektr qarshiligi yorug’lik nuri ta’sirida keskin kamayib, yorug’lik tushmaganda esa juda katta qarshilikka ega bo’lishdan iborat fizik xususiyatlaridan foydalanishga asoslanadi.
Bunkerdagi paxta balandligi oldindan belgilangan pastki balandlikdan past bo’lsa, FS1 va FS2 fotorezistorlarning elektr qarshiligi L1 va L2 lampalardan tushgan yorug’lik nuri ta’sirida keskin


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin