Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblar
ІІ Suyuq moddalar sarfini hisoblash. Modda sarfi bilan bosim tushishi
∆ P1 = P1' - P2 ' orasidagi bog’lanish juda murakkab bo’lgani sababli, uning to’liq matematik ifodasini topib bo’lmaydi.
1, 2-rasmlar
Taqribiy ifodasi quyidagi shart-sharoitlarga amal qilgani holda, Bernulli tenglamasi asosida topiladi :
a) modda sarfini o’lchaydigan diafragmali truba gorizontal holda o’rnatiladi (1-rasm,a)
b) diafragma tufayli trubada vujudga keladigan bosim tushishi
∆P%=∆P/ P1'·100 % kichik miqdor deb faraz qilinadi.
2-rasm . Kompensasion difmanometrli sarf o’lchagichning prinsipial sxemasi. 1- modda oqimi trubasi; 2- diafragma; 3- U simon trubkali difmanometr; 4- prizma; 5- induksion datchik; 6- prujina; 7- elektron signal kuchaytirgich; 8- servomotorning boshqaruvchi cho’lg’ami; 9- kulachok; 10- richag.
v) ishqalanish va uyurmali harakat tufayli oqim energiyasini issiqlikka aylanib yo’qolishi hisobga olinmaydi va oqimning truba bo’yicha hamma joydagi bosimi bir hil deb faraz qilinadi
g) yuqoridagi shartlar asosida diafragmaning ikki tomonidagi modda zichligi ρ [kg/m3 ] o’zaro teng va o’zgarmas ρ1≈ ρ2 = ρ = const bo’ladi.
Qabul qilingan shartlar asosida trubaning I – I va II – II kesimlari oralig’idagi suyuqlik oqimi uchun Bernulli tenglamasini quyidagicha yozish mumkin :
R11 + ρ( v12 /2 ) = R21 + ρ (v22/2) yoki R11 – R21 = ρ/ 2 ( 1)
bu erda
R11 + v12/2 · ρ - diafragmaning old tomonidagi oqim bosimi