№ 1 TAJRIBA ISH. Kulachok profilini tahlili. Ishning maqsadi.
Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mexanizmlarning kinimatik, strukturoviy tuzilishlari va mexanizm-larning shartli belgilanishlari bilan yaqindan tanishtirish. Talabalarga mexanizmlarning erkinlik darajasini aniqlash va mexanizmlarning tiplarga, sinflarga hamda Assur gruppalarga ajiratishdan iborat.
Mashg’ulot uchun jihozlar.
A) turli hil mexanizm maketlari.
B) Turli hil mehanizi kinematik shemalari.
V) mexanizmlar tasvirlari tushurilgan devoriy gazetalar.
Umumiy ma`lumotlar.
Bir yoki bir nechta jism harakatini boshqa jismlarning aniq qonuniyatlariga amal qiluvchi harakatiga aylantirib beruvchi qurilma mexanizm deb ataladi. Bir nechta mexanizmlardan tashkil topgpn qurilmaga mashina deb ataladi. mexanizmlar esa zvenolardan tashkil topgan. Mashina tarkibida buladigan yagona detal` yoki bir nechta detal`ning uzaro quzgalmas birikmasi zveno deyiladi. Zvenolar bir – biriga uzaro kenimatik juftlar aro boglanadi.
Kinematik juft deganda, bir – biri bilan ilashish jarayonida ikki zvenoning harakatlanishi uchunimkon yaratib beradigan boglanishga aytiladi. Boglanish elementlari sirt, chiziq yoki nuqta bulishi mumkin.
Kinematik juftlar boglanish turiga qarab quyi yoki oliy kinematik juftlarga bulinadi. Boglanish elementi sirt yoki yuza bulsa, Bunday kinematik juft quyi kinematik juft deyiladi (1 - shakl). Agar boglanish kinematik juftlarda nuqta yoki chiziqlar orqali amalga oshgan bulsa bunday kinematik juftlar oliy kinematik juftlar deyib ataladi (2-shakl).
Mashina va uning mexanizmlari tarkibidagi zvenolarning kinematik juftlar orqali boglangan gruppasi kinematik zanjir deb ataladi.
Zvenolar harakatlanish tarkibiga kura etakchi vaetaklanuvchi zvenolarga bulinadi. harakat qonunini belgilagan zveno, etakchi yoki bosh zveno deb ataladi.