8- rasm. Sig’imli sath balandligi 9– rasm. Sath balandligi
o’lchagichining sxemasi. signalizatori
Sath balandligi signalizatori (9-rasm). Signalizatorning ishlash prinsipi elektrodlar 4 suyuqlik orqali ulanishi bilan rele cho’lg’ami 3 dan tok o’tishi va uning kontakti 3 ulanishi bilan signal lampasi SL yonib yorug’lik signali berishga asoslanadi. Elektrodlar 4 ta’minlovchi transformator 2 ning ikkilamchi cho’lg’amiga MKU 48 tipidagi elektromagnit rele o’ramasi 3 orqali ulangan. Suyuqlik sathi elektrodlargacha ko’tarilib ularni ulasa, suyuqlikning o’tkazuvchanligi tufayli, signal lampasi SL yonadi, aksincha, suyuqlik sathi pastga tushib elektrodlarni uzsa, signal lampasi o’chadi.
Signalizator zanjiridagi kuchlanish o’zgarmas tokda 24 V, o’zgaruvchan tokda esa 36 V bo’ladi. Bunday signalizatorni qovushqoq, kristallanuvchi, qattiq cho’kmalar hosil qiluvchi va elektrodlarga yopishib qoluvchi muhitlarda ishlatib bo’lmaydi.
Yuqoridagi sath o’lchagichlardan tashqari amalda yana bir necha sath o’lchagich asboblari mavjud : manometrik, radiaktiv yoki ultratovushli ; suyuqlik ichida ko’milib turadigan qalqovichli va boshqalar. Masalan, radioizotopli sath o’lchagichlar germetik berk idishdagi suyuqlik sathini tashqaridan turib ta’sir qiladigan γ nurlarning yutilishiga muvofiq o’lchaydi. O’lchash xatoligi 1....2 mm.
Oxor eritmasining sath balandligini elektrodli sezgich bilan kontrol qilish ( 10 –rasm ). Elektrodlar 1, 2 jezdan tayyorlangan bo’lib, oxor eritmasi vannasiga oldindan belgilangan balandliklarda o’rnatiladi. Eletrod 1 oxor eritmasining yuqorigi balandligini, elektrod 2 pastki balandligini belgilab turadi. Tanda (o’rish) ipini oxorlash jarayoni 1 va 2 elektrodlar orasida bo’lishini ta’minlash va kontrol qilib turish kerak.
10- rasm.
Dostları ilə paylaş: |