Suyuqlik sath balandligini o’lchash va o’lchov asboblari
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish masalasini hal qilish ko’pincha rezervuarlardagi suyuqlik, bunkerlardagi to’kilib sochiladigan , qattiq bo’lakchalardan iborat moddalarning sath balandligini o’lchash, kontrol qilish bilan bog’liq bo’ladi.
Sath o’lchov asboblari juda ko’p turli bo’lib, ularning eng asosiylari sifatida qalqovichli, p’ezometrik, mexanik, elektrik, radiaktiv va boshqa sath o’lchagichlarni ko’rsatish mumkin.
1. Qalqovichli sath o’lchagichlar rezervuarlardagi suyuqliklar sathini o’lchaydi va eng ko’p qo’llaniladigan avtomatika elementi hisoblanadi.U suyuqlik sirtida koptoksimon qalqib turadi(6-rasm,a ) va suyuqlik sathi balandligidagi o’rni, unga ta’sir qiladigan kuchlar muvozanati bilan aniqlanadi.Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich vazni uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik vazniga teng bo’ladi.Undan tashqari, qalqovichni o’rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo’lmay, zichligi ρ0 ga teng bo’lgan modda bo’lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og’irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi. Bu ikki kuchga qarshi yo’nalgan qaqovichni yuqoriga ko’taradigan kuch G’ quyidagicha hisoblanadi :
(15)
bunda
V – qalqovichning hajmi,
ρ0 - suyuqlik ustidagi muhit(suyuqlik zichligi),
g - og’irlik kuchi tezlanishi,
ρ - qalqovich botib turgan suyuqlik zichligi,
x - qalqovich botgan qismining balandligi,
Sx - qalqovichning ko’ndalang kesim yuzi.
6 – rasm .
Dostları ilə paylaş: |