7-rasm.
P’ezometrik sath balandligi o’lchagichi.
1- p’ezometrik naycha ; 2- manometr ; 3- drossel’ ; 4- rotametr .
turli hil agressiv va agressiv bo’lmagan suyuqliklarni, ochiq yoki yopiq idishlardagi suyuqliklar sathlarini o’lchash uchun qo’llaniladi.Suyuqlik solingan idishga p’ezometrik trubka 1 tushiriladi va trubkaning ustki tomoni manometr 2 bilan parallel qilib havo manbaiga ulanadi. Unda havoning sarfi drossel’ 3 bilan cheklanib, rotametr yordamida kontrol qilib turiladi.
3. Elektrodli sath o’lchagichlar elektrodlar orasida sig’imli yoki aktiv qarshiliklarning o’zgarishiga muvofiq o’lchashga asoslanadi. Suyuqlik sath balandligining o’zgarishi bilan bog’liq ravishda elektrodlar orasidagi elektr sig’im o’zgarishiga asoslangan asbob sig’imli sath o’lchagich deb ataladi.Sig’imli sath o’lchagich silindrik kondensator va o’lchov asbobidan iborat (8-rasm). Idish devori 1 bilan elektrod 2 orasidagi elektr sig’imning o’zgarishi undagi elektron kuchaytirgich 4 orqali kuchaytirilib, signalizator yoki o’lchov asbobi 5 ning ishlashini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |