часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
729
Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg’arish funksiyasini asosiy deb bilgan
bo’lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar uning muomala funksiyasini asosiy, deb
hisobladilar.
Asosiy merkantilistlarning nazariyasiga ko’ra qimmatbaho boyliklarni, ya’ni pul
qiymatiga ega bo’lgan oltin yoki kumushlarni mamlakatdan chiqarib bo’lmaydi, chunki
mamlakat xazinasida boylik qancha ko’p bo’lsa mamlakat shuncha boyroq bo’ladi. Ularning
asosiy xatosi ham shu yerda yaqqol ko’rinadi, ular eksport va import hajmini anchagina
qisqartirib qo’ygan. Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa, Ispaniyaga yangi
Dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar mohiyatiga e‘tibor qaratgan.
Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning
o’rni haqida tahliliy g’oyalarini rivojlantira olishdi. Keyingi merkantilizm davri avvalgisiga
qaraganda ancha mukammal bo’lganligi sababli ko’plab manbalarda rivojlangan
merkantilizm nomi ostida ham keladi. Rivojlangan merkantilizm davrining merkantilistlari
pulning asosiy vazifasidan foydalanishga e’tibor qilishadi. Ular pulning muomala
funksiyasidan foydalanishni taklif qiladilar.
Lekin ikki davr merkantilistlarining faqat farqli jihatlari emas, balki o’xshash jihatlari
ham mavjud. Masalan ikkala davrda ham mamlakat xazinasini to’ldirishga harakat qilingan.
Dastlabki davr merkantilistlari mamlakat xazinasidan hech qanday oltin va kumushni
olmagan holda xazinani boyitmoqchi bo’ladi. Keyingi merkantlistlar esa pulni muomala
xususiyatida foydalanish tarafdori ekanligini ayon qiladi. Shu o’rinda savol paydo bo’ladi,
qaysi bir davr mukammalroq nazariyalarga asoslangan ?
Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy savdoga erishish uchun quyidagilar
maqsadga muvofiq hisobladilar:
eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o’rnatishni;
tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikni
Keyingi merkantilistlar esa dastlabki merkantilistlarni pul chiqarishni man etgani va
importni haddan tashqari cheklaganini tanqid qilishdi. Ularning fikricha, hukumatning
tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko’proq pul
mablag’larini jamg’arish emas, balki aktiv savdo balansiga erishishdir, ya’ni eksportning
importga nisbatan ko’proq bo’lishidir. Eksport va import o’rtasidagi farq (ijobiy savdo) –
mamlakat boyligining o’sishidir. Demak, real boylik bu- ”o’lik pullar” yig’indisi emas, balki
yangi pullarni , ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Merkantilistlar fikriga ko‘ra, savdoning muqobil balansiga erishish uchun davlat
eksportni rag‘batlantirib importni ta’riflar, kvotalar, subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi
kerak. Mahsulot ichki iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‘batlantirilishi va xorijiy
savdo orqali boshqarilishi lozim.
Umuman olib qaraganda, rivojlangan merkantilizm dastlabki merkantilizmga nisbatan
yaxshiroq, aniqroq va mukammalroqdir. Rivojlangan merkantilizmning eng buyuk
namoyondasi Tomas Mann edi.