часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
730
T.Man 1630-yilda «Angliyaning tashqi savdodagi boyligi
yoki boylikni tartiblash
sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Unda muallif pul muomalasini qat‘iy tartibga
solish zararli ekanligini, pul foyda keltirishi uchun doimo harakatda bo’lishini,
pulning
chetga erkin chiqarilishi kerakligini, busiz tashqi savdoni
risolidagidek rivojlantirib
bo’lmasligini qayd qilib o’tadi.
Tomas Man fikri bo’yicha, boylikning manbayi faqat tashqi savdo hisoblanadi, bunday
boylikka «har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko’ra, ularga ko’proq sotish» yo’li
bilan erishiladi. U chetga faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka
qarshi qattiq
kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste‘mol qilishdan o’zini tiyishni tavsiya etadi.
Albatta ikkala merkantilizmning ham bir-biridan farq qiluvchi jihati bisyor, lekin ikkala
ta’limot ham klassik iqtisodchilar tomonidan tanqid qilinadi va qoralanadi.
Adam Smit o’zining ― ”Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot”
asarining 4-kitobida merkantilistlar nazariyasi va siyosatini keskin rad etgan,
unda Adam
Smit Tomas Manni merkantilistlar lideri sifatida keltirib o’tgan. Bundan tashqari Tomas
Man rahbarlik qilgan Ost-Indiya kompaniyasi ham ulkan tanqidlarga uchragan.
Angliyada
esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma‘lumki, Fransiyaga nisbatan ancha
”unumli” bo’ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasida bu
mamlakatning proteksionizm
siyosatidagi asosiy yutuqlari odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri Tomas Man
nomi bilan bog’lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma‘lumki, aynan Angliyada merkantilizm
bilan bo’lgan g’oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular
A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o’z aksini topdi.
XVII asrda esa merkantilizm iqtisodiy ta’limotida yemirilish boshlandi va endilikda
uning o’rnini klassik iqtisodiy maktab egallay boshladi. Bu
hodisa esa merkantilizmning
iqtisodiy ta’limotining nihoyasi bo’ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
D.S.Jumanov , Z.G.Allaberganov ”Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” (o’quv qo’llanma)
Toshkent ”Iqtisod-Moliya” 2017
2.
Sh.H.Tashmatov, X.S.Asatullayev, Z.G.Allaberganov ”Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”
Toshkent ”Iqtisod-Moliya” 2019
3.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
4.
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander