часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
Июня
, 202
3
г
118
Mayers esa dasturiy modulning muvofiqligini baholash uchun uning tuzilishidagi
yanada aniqroq quyidagi tavsiflardan foydalanishni taklif qiladi:
- modul o‘lchami (razmeri);
- modul mustahkamligi;
- boshqa modullar bilan birikuvi;
-modulning
mustaqilligi
(ya’ni
uning
awalgi
murojaatlardan
mustaqilligi).
Modul о‘lchami uning tarkibidagi operatorlar yoki satrlar soni bilan o‘lchanadi. Modul
o‘ta katta yoki o‘ta kichik bo‘lmasligi lozim. Kichkina modullar dasturiy modul tuzilmasming
qo‘pollashib ketishiga olib keladi hamda ularni rasmiylashtirish biJan bog‘liq sarf-
xarajatlarni qoplamasligi mumkin.[3] Katta modullar esa ulami о‘гganish va o‘zgartirishda
noqulayliklar tug‘diradi, ular dastumi sozlash paytida uni qayta translyatsiya qilishning
jamlama vaqtini ancha oshirib yuborishi mumkin. Odatda o‘lchami bir necha o‘ndan bir
necha yuz operatorgacha bo‘lgan dasturiy modullar tavsiya qilinadi
Modul mustahkamligi bu uning ichki aloqalarining me’yorlaridir. Modul
mustahkamligi qancha yuqori boisa, u dasturning o‘ziga nisbatan tashqi qismidan shu
darajada ko‘proq aloqalami berkitishi hamda buning natijasi o‘laroq, dastuming
soddalashuviga shu darajada ko‘proq hissa qo‘shishi mumkin. Modul mustahkamligi
darajasini baholash uchun Mayers mustahkamlik darajasi bo‘yicha tartibga solingan
modullaming yettita sinfidan iborat to‘plamini taklif qiladi.
Moslik bo yicha mustahkam modul eng kam darajali mustahkamlikka ega. Bu shunday
modulki, uning elementlari o‘rtasida ongli aloqa mavjud emas. Bunday modul qanday
holatda ajratib olinishi mumkin?
Masalan, dasturning turli o‘rinlarida bir xil operatorlar ketmaketligi takrorlansa, mana
shu ketma-ketlik alohida modul sifatida shakllantiriladi. Matnning ma’noli qismlaridan biri
(kontekst)da ushbu ketma-ketlikni o‘zgartirish zarur bo‘lib qolsa, bu modulning ham
o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bu esa ushbu modul matnning boshqa ma’noli qismlari
(kontekstlari)da qo‘llanganda xatolikka olib kelishi mumkin. Dasturiy modullaming bu
sinfidan foydalanmaslik ma’qul. Umuman olganda, Mayers taklif qilgandek modular
sinfining ulaming mustahkamlik darajasiga qarab tartibga solinishi anchayin bahsli
masaladir.