Международный научный журнал № 11(100), часть 2
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023
757
BUXORO TARIXI O’RTA ASR TARIXCHILARI
Isroilov Amirbek
Buxoro Davlat Universiteti,
Tarix va Yuridik fakultei 3-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Buxoro shahri tarixini o’rgangan shaxslar talaygina bo’lib, biz ulardan
faqat aksariyatini bilamiz. Ushbu maqolada Buxoro tarixiga oid ma’lumotlarni yoritgan
shaxslar hayoti va ijodi, yozgan asarlari hamda ularning o’lka tarixini o’rganishdagi
ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.
Abstract:
There are many people who have studied the history of the city of Bukhara,
and we know only most of them. This article provides information about the life and work
of the people who covered the history of Bukhara, their works, and their importance in
studying the history of the country.
Kalit so’zlar
:
Narshaxiy, “Buxoro tarixi”, Qubaviy, Abul Hasan Nishopuriy, Balazuriy,
Tabariy,
“Tarix ar-rusul val muluk”
,
Jayhoniy, “Ashkol ul-Olam”.
Key words:
Narshahi, "History of Bukhara", Qubawi, Abul Hasan Nishopuri, Balazuri,
Tabari, "Tarikh ar-rusul wal muluk", Jayhani, "Ashkol ul-Alam".
Buxoro vohasi madaniyati uzoq tarixiy davrlar aro hozirga qadar bo’lgan davr ichida
hali hamon mavjud bo’lib, o’z boshidan ko’plab tarixiy jarayonlar, sulolalar, davlatlar,
urushlar hamda madaniy-ma’rifiy taraqqiyot zamonlarining shohidi bo’lgan hudud
hisoblanadi. Shunday ekan, o’lka tarixini bizgacha yetib kelgan tarixiy hujjatlar, qo’lyozma
asarlar tasdiqlaydi. Ushbu qo’lyozma asarlarning ahamiyati moddiy-ashyoviy manbalardan
ortiqroq bo’lib, ular nisbatan aniq ma’lumotlarni bizga yetkazadi.
Ko’pchiligimizga ma’lumki, Buxoro tarixini yozgan buyuk tarixchi deganda Abu Bakr
Narshaxiy ko’z oldimizda gavdalanadi.
Tabiiyki, ushbu buyuk tarixchining nomi butun
dunyoga mashhur va ko’pchilik ushbu shaxs va uning “Buxoro tarixi” asari haqida
ma’lumotlarga egadir. Lekin afsuski, hatto tarixchilar orasida ham Buxoro tarixi uchun
ahamiyatli bo’lgan o’tmish tarixchilari haqida ma’umotlardan xabardor kishilar ham
mavjud. Xuddi shunday, ushbu o’lka tarixini o’z qalamiga tushirgan boshqa tarixchilar ham
bor va ularning ayrimlari hatto Narshaxiy asarining to'ldirish uchun asos bo’lib xizmat
qilgan. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarining asl nusxasi bizgacha
yetib kelmagan va u
aslida arab tilida yozilgan. Uning bizgacha yetib kelgan qismi 1128-yilda Quva shahridan
bo’lgan Abu Nasr Ahamad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tildan fors tiliga
qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Abu Nasr Qubaviy asarning matnini qisqartirish bilan
chegaralanmay, balki, Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning “Hazoiq ul-ulum”, Ibrohimning
“Axbari Muqanna” kabi asarlaridan foydalanib, uni to’ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro
Международный научный журнал № 11(100), часть 2
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023
758
tarixiga Narshaxiy yashab o’tgan davrdan keyingi, 1178-1179 yillardan 1220-yillarga qadar
bo’lib o’tgan tarixiy
voqealar kirib qolgan
80
.
Demak, ta’kidlab o’tganimizdek, Narshaxiydan tashqari uning asari ustida ishlagan
shaxs va u tomonidan boyitilgan ma’lumotlarning mualliflari ham Buxoro haqida yozib
qoldirishgan. Ayniqsa, ular orasidan eng ko’p foydalanilgan ma’lumotlar Abul Hasan
Nishopuriyning fikrlari sanaladi.
Shuningdek, Qubaviy o’zi yashagan davrlar (XI-XII asrlar)
haqidagi bo’lib o’tgan voqealarni asarga tushirar ekan, uni ham o’lkani o’rgangan tarixchilar
sirasiga kiritsak xató bo’lmaydi.
“Buxoro tarixi” asarini yozishda yuqorida ta’kidlaganimizdek Tabariy (839-923) ning
ma’lumotlari ham muhim o’rin tutadi. Tarixchining to’liq ismi Abu Ja’far Muhammad ibn
Jarir at-Tabariy bo’lib, u 839-yilda Tabariston (Eronning shimoliy provinsiyasi) ning Amul
shahrida dunyoga kelgan. Yetti yoshidan hofiz (Qur’onni to’liq yod olgan shaxs)
va sakkiz
Yoshida imomlik darajasiga yetgan. O’n ikki yoshida o’z ona yurtini tark etib, ilm olish
maqsadida Ray, Bag’dod, Suriya, Falastin va Misrga sayohat uyushtirgan. Uning mashhur
asari “Tarix ar-rusul val muluk” (“Payg’ambarlar va podshohlar tarixi”) asari mashhurdir.
Asarda islom dini tarixi yoritilar ekan, albatta arablaring ushbu dinni yoyish maqsadida
uyushtirgan harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlar ham bayon etilgan. Shunday ekan,
ushbu asar Narshaxiy asarini to'ldirish uchun muhim manba bo’lgan. Shuningdek, tabariy
islom tarixi bo’yicha dastlabki asarlardan birini yozganligi bilan shuhrat qozongan va
zamondoshlari uni bekorga “musulmon tarixshunosligi otasi” deb atashmagan edi
81
.
Buxoro hududining bosib olinishi bilan bog’liq qimmatli ma’lumotlarni keltirgan
tarixchilardan yana biri bu Abul Hasan Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir ibn Dovud al-Balazuriy
hisoblanadi. Tug’ilgan sanasi haqida aniq ma’lumot mavjud emas, lekin vafot etgan sanasi
892-yil deb belgilanadi. Yozgan asarining nomlanishi “Kitob al-futuh al-buldon”
(“mamlakatlar bosib olinishi tarixi”) kitobi hisoblanadi. Asarda arablar tomonidan bosib
olingan o’lkalar tarixi va ularning fathi haqida so’z
yuritiladi
82
.
O’rta asr tarixchilari orasida faqat arablar davri bosqinini o’zasarlarida tasvirlagan
allomalardan tashqari, Buxorodagi buyuk davlatchilikm asoslari haqida ma’lumot bergan,
Somoniylarga tegishli hududlar va ular haqida o’tmishdagi va o’zi yashagan davrdagi
ma’lumotlarni keltirgan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad al-Jayhoniyning “Ashkol ul-
Olam” asari qimmatlidir. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek Somoniylar davri davlatchiligi
haqida so’z yuritiladi. Ayniqsa sulola vakillari haqida so’zlovchi asarning “Somoniylar
amirlari” bobida har bir hukmdorga xarakteristika berilib, ularning yurgizgan siyosatlari
to’g’risida yozib qoldirgan. Shuningdek, asarning siyosatga bog’liq jumlalar “Somoniy
vazirlari uning vafotidan keyin” va “Somoniylar zamonining xabari” boblarida yoritilgan.
Asarda ushbu boblardan keyin keluvchi boshqa bobi – “Movorounnahrga
tobe hududlar
bayoni”da ulug’ saltanatga tegishli bo’lgan shaharlar va o’lkalar to’g’risida ma’lumotlar
80
To’rayev. H. Buxoro tarixi. –Buxoro.: “Durdona”, 2020. -B. 96., Наршахий. Бухоро тарихи. -Т.: “Фан”, 1966. - Б. 6.
81
https://en.wikipedia.org/wiki/Al-Tabari
82
https://en.wikipedia.org/wiki/Al-Baladhuri