Международный
научный
журнал
№
10
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
май
, 2023
638
O‘ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O'RNI
Toshpo'latov Jahongir Abdug'ani o'g'li
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” mutaxassisligi magistranti
Annotasiya:
Mazkur maqolada soliq tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali soliq bilan bog’liq barcha ishlarni
osonlashtirish, ya’ni soliq organlari xodimlari va soliq to’lovchilarning imkoniyatlari
kengaytirish, soliq tizimidagi ko’plab ishlarni axborot texnologiyalari orqali bajarish
bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar va ularni samaradorligini baholash yo‘llari bo‘yicha
tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, tadqiqot doirasida xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq tizimi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, soliq hisoboti, soliq
tushumlari, soliq, interaktiv xizmat, samaradorlik, raqamli platforma, raqamli
transformatsiya,
soliq
organlari,
optimallashtirish,
veb-xizmatlar,
zamonaviy
texnologiyalar, axborot tizimlari, elektron soliq xizmatlari, electron to’lovlar, electron
xizmatlar, soliq nazorati, soliq mexanizmlari, ma’lumotlar bazasi, integratsiya, soliq
to‘lovchilar, Davlat soliq qo’mitasi, majburiy to‘lovlar.
KIRISH
Mamlakatimizda bugungi kungacha olib borilgan islohotlar
barcha sohalarni qamrab
olib, sohalarning rivojlanishib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bir qancha sohalarda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi va ulardan samarali foydalanish
davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Axborot
texnologiyalar samarasi
o‘laroq bugungi kunda soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi asosiy
muloqot virtual platformaga ko‘chib ulgurdi. Bu esa soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil
uslublarini keng joriy etish soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini
bajarishda har
tomonlama ko‘maklashish hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini
joriy etish, asosiysi, iqtisodiyotda xufiyona faoliyatni qisqartirish,
shaffoflik darajasini
oshirishga xizmat qilmoqda.
Soliq tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli
foydanalish birinchi navbatda davlat soliq xizmati organlari xodimlari tashkil qilinib, amalda
qo’llaniladi. Davlat soliq siyosatini amalga oshirishda asosiy mavqeni egallagan soliq
organlariga soliq qonunlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni
amalga oshirishdek yuksak
vazifa yuklatildi. O’tgan davr oralig’ida soliq organlari davlat budjetining daromad qismini
uzluksiz to’ldirishni ta‟minlaydigan muntazam tizimga aylandi.