Международный
научный
журнал
№
4 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
667
MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI
Qiyomov Yusuf To‘xtasin o‘g‘li
Xalqaro Innovatsion Universetiti
Iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi mudiri
Shamdamov Bahodir Mansur o‘g‘li
talaba
Fayzullayev Xurshid Burxon o‘g‘li
talaba
Anotatasiya
:
O‘zbekiston bank tizimi, O‘zbekistonda kreditlar hajmi keskin oshishi
hamda kreditlarning o‘sish sur’ati, O‘zbekistonning muammoli kreditlar ulushi,
O‘zbekistonda banklarning konsentratsiyalashuvi, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish,
Moliyaviy barqarorlik.
Kalit so’zlar
:
bank, tizim, iqtisod, Bank, aktiv, talab, nisbat, kredit, tarmoq, garov,
kapital, indeks,
O‘zbekiston bank tizimi Kovid-19 pandemiyasi va
tashqi iqtisodiy sharoitlar
o‘zgarishlaridan kelib chiqadigan shoklarga yaxshi bardosh bermoqda. 2022-yilning I
yarim yilligida bank tizimining moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari Bazel III minimal
talablaridan yuqori bo‘ldi. Regulyativ kapitalning hamda birinchi
darajali kapitalning
monandlilik koeffitsiyentlari minimal talablardan 1,3 baravar yuqoriligini ko‘rsatdi. Bank
aktivlariga nisbatan talabning qat’iylashtirilishiga qaramay, likvidlikni qoplash
koeffitsiyenti (LCR) minimal talabga (100 foiz) nisbatan yuqori shakllandi. 2017
yildan
boshlab O‘zbekistonda jami kreditlarning YaIMga nisbati sezilarli darajada oshib, MDH va
daromadi o‘rtadan pastroq bo‘lgan davlatlar darajasiga yetdi. 2017–2020 yillarda
O‘zbekistonda kreditlar hajmi keskin oshishi hamda kreditlarning o‘sish sur’ati YaIMning
o‘sish sur’atidan yuqori bo‘ldi. 2021 yilda O‘zbekistonda jami kreditlarning YaIMga nisbati
(44 foiz) MDH davlatlari bo‘yicha mediana ko‘rsatkichidan (30 foiz) baland bo‘lib,
uning
yuqori darajasi saqlanib qolmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston
qisqa vaqt ichida jami
kreditlarning YaIMga nisbati ko‘rsatkichi bo‘yicha daromadi o‘rtadan pastroq bo‘lgan
davlatlar bo‘yicha mediana ko‘rsatkichiga yetib oldi. Pandemiya sababli banklardagi
muammoli kreditlarning (NPL) jami kreditlardagi ulushi 5-6 foizgacha keskin ko‘tarildi.
Pandemiya bilan bir qatorda davlat dasturlari asosida kreditlash
va banklar tomonidan
muammoli kreditlar hisobini yuritishning takomillashtirilishi natijasida muammoli
kreditlar miqdori sezilarli o‘sdi. 2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning muammoli
kreditlar ulushi (4,9 foiz) Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari (5,9 foiz)
hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari (5,2 foiz) bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan
pastroq bo‘ldi. Tarmoqlar qirqimida muammoli kreditlar sanoat va qishloq xo‘jaligida
sezilarli oshgan. Kredit to‘lovining daromadga nisbati (PTI) 51 foizdan yuqori hamda kredit