Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 229 qatag'onlik siyosati va uning oqibatlari haqida



Yüklə 76,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü76,32 Kb.
#204359
növüИсследование
1   2   3   4   5   6
Xujanova Lobar Raimkulovna .p df


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
октябрь
, 2022 
г
233 
tashkil etib ularga muharrirlik qiladi. Oktabr to`ntarishidan keyin esa Munavvarqori yangi 
maxsus va oliy ta`lim asoschilaridan biri sifatida faoliyat ko`rsatadi. 
Munavvarqori ToshDUni tashkil etishda jonbozlik ko`rsatadi. U qisqa muddat xalq 
maorifi bo`limida faoliyat ko`rsatadi. U ham stalincha qatag`on siyosatining qurboni bo`ladi. 
1929 yili qamoqqa olinadi va uchlik hukm bilan otib o`ldiriladi. 
Birin-ketin qatag`on to`lqini ko`zga ko`ringan o`zbek ziyolilarini ham yo`q qila boshladi. 
Shulardan biri shoir Usmon Nosir edi. U Namangan shahrida dunyoga keladi. Usmon 
Nosirni hibsga olishga sabab bo`lgan bahona haqidagi so`nggi vaqtda matbuotda turli-
tuman fikr bayon qilindi. Chunonchi, shoir jiyani Nodira Rashidova bir maqolasida bu haqda 
quyidagi so`zlarni aytgan: "1937 yilning may oyida Moskvada O`zbekiston adabiyoti va 
san`ati dekadasi bo`lib o`tadi. Delegasiya sostavida Usmon Nosir ham bo`lgan. Toshkentga 
bir to`p yozuvchilar poyezdda qaytishadi". Usmon Nosir: "Mana Stalinni ham o`z ko`zimiz 
bilan ko`rdik, hammamiz qatori oddiy odam ekan. U menga bir kerosin sotadigan do`stimni 
eslatdi", - deb aytdi. Holbuki, bu faqat bir joyda qayd etilmagan. 
Tergov materiallari shundan dalolat beradiki, Usmon Nosirni qora kursiga o`tkazgan 
kishilardan biri Aleksandr Grigoryevich Lavrentyev degan rus yozuvchisidir. A.S.Pushkin 
vafotining 100 yiligi munosabati bilan 1937 fevralida o`tkazilgan SSSR yozuvchilar 
uyushmasining tantanali tadbirida bu ikki Qo`qonlik (U .Nosir va A.G.Lavrentyev) "do`st" 
ham ishtirok etishgan. 
Usmon Nosir mehmonxonada Lavrentyev bilan turgan. Mehmonxonadagi Lavrentyev 
bilan qilgan suhbati chog`ida she`riyat mundarajasi pissimistlik dunyoqarashiga tayangan va 
shoir mavjud tuzumga oppozisiyada bo`lgan taqdirdagina haqiqiy san`at asari maydonga 
kelishini aytgan. Yana shu suhbat mobaynida O`zbekiston sosializm barpo etish uchun 
albatta SSSR tarkibida bo`lishi shart emas, turkiy xalqlar o`zaro birlashib ham sosializmga 
borishi mumkin, degan, "aksilinqilobiy" mulohazani bildirgan. Moskva safaridan qaytish 
ham Usmon Nosir uchun beiz ketmadi. U poyezdagi ozgina mayxo`rlikdan so`ng Lavrentyev 
bilan aytishib qolib, uni "Velikorus" deb xaqorat qilgan. 
Oradan 4 oy o`tgach, Lavrentyev Usmon Nosir ustidan ariza yozib, shoirni millatchi, 
aksiinqilobchi sifatida aybladi. 
1937 yilning 12 iyunida O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida Usmon Nosirni shaxsiy 
ishiga bag`ishlangan yig`ilish shoir uchun fojeali yakunlandi. O`sha kunni ertasiga DXQ 4-
bo`limini Klenov va Xayruddinov familiyali xodimlari kelib Usmon Nosir uyida tintuv 
o`tkazadilar va uni olib ketadilar. 
Usmon Nosir chirkin qamoqxonalarda ham yorug`, hur kunlar kelishiga umid bilan 
boqib yashaydi. Yashashga bo`lgan ilinji shoirni ijod qilishga undadi. Bugungi kunda: "Shoir 
o`sha kezda Stalinni sevmasdi, uni og`ir qismati uchun tinmay la`natlardi", - deyish juda 
ham to`g`ri bo`lmasa kerak. Uning "Xalqlar dohiysi"ga hurmati baland bo`lgan. Aniqrog`i uni 
ardoqlar va itoat etardi. Shu bois, u nomining bot — bot tilga olardi. Yoki ro`y berayotgan 
bedodliklardan Stalinni mutlaqo bexabar, deb anglaydi. Agarda shunday deb o`ylamaganda, 


Международный
научный
журнал

3 (100), 
Yüklə 76,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin