Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 229 qatag'onlik siyosati va uning oqibatlari haqida



Yüklə 76,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü76,32 Kb.
#204359
növüИсследование
1   2   3   4   5   6
Xujanova Lobar Raimkulovna .p df


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
октябрь
, 2022 
г
232 
Ana shunday qatag`on qilinganlardan yana biri Nazir To`raqulov bo`lib, u 1892 yilda 
Qo`qon shahrida o`ziga to`q oilada dunyoga kelgan. Uning otasi o`z davrining ziyoli, rus tilini 
yaxshi biladigan kishilardan edi.Rus-tuzem maktabini tamomlagan Nazir To`raqulov, 
keyinchalik savdo bilim yurtida o`qidi. 1913 yili To`raqulov savdo institutiga o`qishga kirdi. U 
birinchi jahon imperialistik urushida, bolsheviklar inqilobi g`alabasiga ham o`zining munosib 
hissasini qo`shdi.1918 yil oktabrida Ko`qon Soveti ijroko`mi kotibi To`raqulov bolsheviklar 
partiyasi safiga kirdi. 1919 yil 15 avgustda Farg`ona viloyat musulmonlar organi bo`lgan 
"Yangi Sharq" gazetasi muharriri etib tayinlandi.1919 yil sentabrida Nazir To`raqulov MIK 
raisi etib saylandi. 1920 yil iyunida Turkkompartiyasi o`lka musulmonlari byurosi va chet el 
kommunistlarining tashkilotlari birlashdi va unga rahbarlik qilish Kuybishevning taklifiga 
ko`ra To`raqulov rais etib saylandi. 
1922 yil iyulida To`raqulov Samarqand viloyat partiya tashkilotlaridan bolsheviklarning 
Butun Rossiya XII konferensiyasiga delegat qilib saylandi. Konferensiya tugagach, Moskvada 
SSSR xalqlari Markaziy nashriyot boshqarmasi raisi etib saylandi. O`z ustida tinmay ishlashi 
natijasida To`rakulov ko`p tillarni o`rganadi. Shuning uchun ham 1928 yilda diplomatik ishga 
o`tkazilib Saudiya Arabstonidagi «Hijoz» viloyatiga konsul qilib tayinlanadi. Bu yerda 4 yil 
ishlagach, 1932 yildan Sovet Ittifoqining Saudiya Arabistonidagi muxtor elchisi sifatida 
faoliyat yuritadi. 
1936 yilda SSSRga qaytib kelgach, Sharq xalqlari tillari va adabiyotida ilmiy xodim 
bo`lib ishlagan davrda u ko`pgina nazariy maqolalar va qiziqarli materiallar chop ettardi. 
Ammo u davrda Stalin shaxsiga sig`inish siyosati avj olayotgan bo`lib, mamlakatda 
zo`ravonlik tobora kuchayib borayotganligi sababli N. Turaqulov ham tinch ijodiy ish bilan 
shug`ullanish imkoniyatidan mahrum bo`ladi. Asossiz ayblar, tuhmatlar asosida hibsga 
olingan va ho`rlangan Nazir Turaqulov 1939 yilda qatag`on siyosatining qurboni bo`ldi. 
Ilg`or fikrli yozuvchi va shoirlarning qatag`on qilinishi. XX asrning 20-40 yillarda 
Cho`lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, 
Elbek, Rafiq Mo`min singari bir-biridan iste`dodli adiblar ma`rifat targ`ibotchilarini ham 
qatag`on to`lqini o`ziga tortdi. Shuningdek, o`zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, 
talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Sayid Ahmad, Shukurullo «Xalq 
dushmani» deb e`lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib o`zlari qamoqqa olinib stalincha 
lagerlarga jo`natildi. 
Bundan tashqari chet elda bo`lib kelgan bir qancha ziyolilarimiz Sattor Jabbor, Solih 
Muhammad, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova va boshqalar ham asossiz 
qatag`on siyosatining qurboni bo`ldilar. Ularning ko`plari shu siyosatdan bezib, chet ellarda 
Vatandan yiroqda qolib ketdilar. 
O`zbekistonda qatag`on siyosati minglab ziyolilarimizni o`z domiga torgan edi. 
Shundaylardan yana biri Munavvarqori Abdurashidxonovdir. U nafaqat Toshkent jadidlari, 
balki Turkiston va Rossiya musulmonlari orasida ham obro` qozonadi. U fevral inqilobidan 
keyin siyosiy hayotda faol ishtirok etish bilan birga «Najot», «Kengash» ro`znomalarini 


Международный
научный
журнал

3 (100), 
Yüklə 76,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin