Исследование в XXI веке октябрь, 2022 г 229 qatag'onlik siyosati va uning oqibatlari haqida



Yüklə 76,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü76,32 Kb.
#204359
növüИсследование
1   2   3   4   5   6
Xujanova Lobar Raimkulovna .p df


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
октябрь
, 2022 
г
231 
rahbar, partiya xodimlari qoldirilmadi. Ayrimlari yaqqol ko`zga tashlanmaganlar xufiy 
nazoratga olindi.Respublikada birinchi qatag`on qurboni respublika Xalq Komissarlari Soveti 
raisi Fayzulla Xo`jayev edi. U 1896 yili Buxoroda savdogar millioner oilasida dunyoga kelgan. 
Fayzulla Xo`jayev 1922-1924 yillarda Buxoro Respublikasi Mehnat va Mudofaa Sovetining 
raisi bo`ldi.1920 yil 11 sentabrda BKP safiga kirdi. So`ngra Buxoro Komunistik Partiyasi MK 
tarkibiga ham kiritildi. 1920 yil oktabrda Buxoro Xalq Nozirlari Soveti raisi qilib 
saylandi.RKP(b) MKning 1924 yil 5 noyabrdagi qaroriga binoan O`zbekiston revkomi raisi 
etib tasdiqlandi. 1925 yil 14 fevraldan 1937 yil 17 iyungacha O`zbekiston SSR XKS raisi 
lavozimida ishladi.1923 yilning boshlarida F.Xo`jayev Germaniyada bo`ladi. Maqsad el 
dardiga davo izlash ya`ni, Germaniyaning Buxorodagi elchixonasini ochish, Rossiyaning 
Buxoro Xalq Respublikasi ichki ishlariga aralashuvini oldini olish edi. 
Fayzulla Xo`jayev siyosiy bilimli, madaniyatli, savdoxonli bo`lishga doim katta e`tibor 
bergan. Mana uning o`z yaqinlari davrasida aytgan so`zlari: "Sizlar o`qimay qo`ydinglar. O`z 
ustimizdan ishlamayapmiz. Madaniy darajamiz va ma`naviy qiyofamiz achinarli holatga 
kelib qoldi. Biz ana shu savodsizligimiz oqibatida Vatanni, Buxoroni boy berib qo`ydik. Shu 
sababli ham o`z Vatanimizda rahbarlik ishlarini qo`lga ololmadik va mustaqillik yo`lida aql 
bilan ish yurita bilmadik." 
1938 yilning 2-13 martida Moskvadagi Soyuzlar uyining katta zalida F.Xo`jayev va bir 
guruh partiya Sovet xodimlari sud qilindi. Unga Sovetlarga qarshi, millatchi degan aybnoma 
qo`yildi va otib tashlandi. Keyinchalik Fayzulla Xo`jayev o`limidan so`ng oqlandi. 
1937 yilgi qatag`on Akmal Ikromovni ham chetlab o`tmadi. A. Ikromov qanday odam 
edi? 
U 1898 yil 14 noyabrda Toshkentdagi O`hchi mahallasida yashovchi Ikrom domla 
oilasida dunyoga keldi. Onasi Tojiniso opa ma`rifatli ayol edi. Ular uylarida ochilgan 
maktabda bolalarni o`qitar edilar. Yosh Akmal ham ularga qo`shilib savodini chiqaradi, diniy 
va dunyoviy darsliklarni, kitoblarni o`qish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1918 yil 18 fevralda eski 
shahar tashkiloti A. Ikrsmovni bolsheviklar safiga qabul qiladi. Ushbu davrdagi barcha 
ziyolilar qatori u ham sovet mafkurachilarining nayrangiga ishonib aldandi. Shu kundan 
e`tiboran u, partiya qayerga yuborgan bo`lsa o`sha yerda, o`z kuchi va bilimini ayamay sarf 
qildi. 1926 yilda "Hujum" tadbiri buyicha partiya a`zosi sifatida Toshkent, Farg`ona, 
Namangan, Karshi, Termiz va boshqa shaharlarda faol xotin-qizlar bilan uchrashdi. 1926 
yilda Mehnat Qizil Bayroq, 1935 yil dekabrida Lenin ordeni bilan taqdirlandi. 
1937 yil 2-13 mart kunlari Moskvadagi Soyuzlar uyning katta zalida F.Xo`jayev, 
A.Ikromov va boshqalar sud qilinadi va 15 mart kuni shoshilinch ravishda qamoqxonada 
otib tashlanadi.Toshkendagi qamoqxonada ushlab turilgan xotini Zelkina ham 1938 yilning 7 
oktabrida otib tashlanadi. Akmal Ikromovning 5ta aka ukalari va 2ta o`g`li ko`p yillar 
davomida qamoq va surgunlarda sarson bo`lishadi.1953 yil iyul Plenum qarorlari asosida 
tuzilgan maxsus komissiya ishi asosida 1957 yil 31 iyuldagi qaroriga asosan A. Ikromov 
oqlandi va partiya safiga qayta tiklandi. 


Международный
научный
журнал

3 (100), 
Yüklə 76,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin