часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
230
Davlat jinoyatchilari uchun qamoq muddati 10 yildan 25 yilgacha oshirildi. VKP(b)
MKning sekretari Kaganovichning taklifiga ko`ra, siyosiy ayblovlar bo`yicha ishlar suddan
tashqari tartibda, lekin oliy jazo chorasi qo`llanilgan holda qarab chiqila boshlandi. 1934 yil
OGPU ichki ishlar xalq Komisarligi qilib qayta o`zgartirildi (NKVD-ruscha-muallif).
1937 yili dunyo matbuotida harbiylar ishi deb atalgan sud prosessi e`lon qilindi. Unda
Qizil Armiya harbiy boshliqlarining ko`pchiligi Stalin tomonidan qoralandi. 1937 yilning 2
iyunidagi gazetalarda Harbiy Kollegiya sudiga yirik harbiy boshliqlar: M.N.Tuxachevskiy,
I.E.Yarkin, I.P.Uborovich, R.P. Eydeman berilgani e`lon qilindi va ular shu kunning o`zidayoq
otishga hukm qilindilar. Bunday qatag`on ilgari Qizil Armiya safini podsho zabitlaridan,
generallaridan tozalash sifatida 20-yillarda bo`lgan bo`lsa, 30-yillar oxirida endi sotqin,
«Troskiychi-Zinobyevchi» inqilob dushmani kabi soxta ayblovlar bilan almashgan edi.
Voroshilovning ma`lumotiga ko`ra, 20 yildan 30 - yillarning yarmigacha Qizil Armiya
safidan 47 mingta harbiy va 5 mingta muxolif chetlatilgan. O`sha paytda SSSRda 5ta
marshal bo`lgan bo`lsa, shundan 3 tasi: Tuxachevskiy, Yegorov, Blyuxer terror qurboni
bo`ldi. Faqat Voroshilov va Budyonniy tirik qolgan edilar. Stalin qatag`onlarining xususiyatli
tomoni shunda ediki, bu qatag`ondan hukumat boshliqlaridan tortib farroshgacha qochib
qutula olmas va ular uchun keragicha aybnoma topilar edi. Masalan: 1928 yili Yoqutlar
isyonidan keyin 35 ming kishi otib tashlandi, 1930 yil boshida Ukrainani ajratib olish ittifoqi
ishi sudda ko`rildi va professor Yefremov va Chekovskiylar hamda ko`plab kazaklar yo`q
qilindi.Markazda va joylarda harbiylar, injenerlar, razvedkachilar, partiya va Sovet
rahbarlariga qarshi o`tkazilgan qatag`onlar mudofaa salohiyatiga berilgan ulkan zarba
bo`ldi. Stalin Gitlerchilar Germaniyasining harbiy rejalari to`g`risidagi qimmatli ma`lumot
olishga erishgan razvedkaga ishonmay Qizil Armiya Bosh Shtabi Bosh Razvedka
Boshqarmasining 5ta boshlig`ini birin ketin qatag`on qildi.
Qatag`on haqida general - leytenant Pavlenko shunday degan edi; «Dunyo tarixida
yaqinlashib kelayotgan urush arafasida hech qaysi mamlakat ayovsiz va keng doirada o`z
harbiy mutaxassislarini yo`q qilganini bilmaydi».1937-1938 yillar qatag`on avjiga chiqqan
davr bo`lib bunda ko`plab partiya va davlat arboblarini nohaq qurbon qilindi. Jumladan,
butun boshqaruv apparati Leningradda yo`q qilindi. Bunday qatag`onlar RSFSR, Ukraina,
Ozarbajon, Gruziya, Armanistonda ham keng qo`lamda amalga oshirildi.
Sovet fanining nazariyotchilari, olimlar va novatorlari ham qatag`on qurbonlari
bo`ldilar. Masalan: genetika fanining otasi Vavilov, geografik - biosfera ta`minot
nazariyotchisi Vernadskiy V.I., Ioffe - fizik, Luzin - buyuk matematik, Lisenko - biolog
nazariyotchi, Bulgakov, Platonov kabi adabiyot nomoyandalari va xokozalarning qatag`on
etilishi ilm-fan va madaniyatning chinakam fojeasi bo`ldi.
O`zbekistondagi partiya xodimlari va davlat arboblarining yo`q qilinishi ham o`ziga xos
tarzda amalga oshirildi. Butun Sobiq ittifoqda bo`layotgan qatag`on siyosati O`zbekistonni
ham chetlab o`tmadi. Stalin va uning qonxo`r jallodlari o`zbek xalqining chin farzandiga
nisbatan ham qatag`onlar yo`lini tutdilar. O`zbekistonda qamalmagan biror taniqli shaxs,