часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
810
bo‘lgan ko‘plab kelishmovchiliklar davlat hokimiyati organlari - sudlarda ko‘rib chiqish
uchun topshiriladi.
Mehnat qonunchiligidagi qonuniylik davlat, mahalliy hokimiyat organlari, korxona,
tashkilot, muassasalar, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan mehnat qonunchiligi va
mehnat qonunchiligi normalarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni
buzmasdan, to‘g‘ri bajarilishini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga binoan, har bir shaxs
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat shartlarida ishlash va qonunda
ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Bundan tashqari, mehnat
huquqiy munosabatlari sohasidagi har bir fuqaroning huquqlarini himoya qilish mehnat
qonunchiligining asosiy funksiyalaridan biri bo‘lib, bu orqali buzilgan huquqlar tiklanadi,
yetkazilgan moddiy va ma’naviy ziyon qoplanadi.
Mehnat huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar
mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi teng bo‘lishini, ular uchun bir xil iqtisodiy
va huquqiy sharoitlar yaratilishini, natijada ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning oldi
olinishini belgilaydi.
Ammo hayot qonunlariga ko‘ra, xodim va ish beruvchi o‘rtasida turli sabablarga ko‘ra
kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Mehnat qonunchiligining vazifalaridan biri bu kabi
kelishmovchiliklarning oldini olish va agar ular paydo bo‘lsa, adolatli hal qilish va qonun
hujjatlarining tamoyillariga rioya qilishdir.
Mehnat nizosining bosqichlari bo‘yicha dinamikasi quyidagicha bo‘ladi:
•
mehnat qonunlarining buzilishi;
•
huquqiy munosabatlar subyektlari tomonidan uning turlicha baholanishi
(kelishmovchilik);
•
ushbu kelishmovchiliklarni tomonlarning o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar
orqali hal qilishga urinishi;
•
kelishmovchiliklar yuzasidan uni hal qilish to‘g‘risida vakolatli (Yurisdiksiya)
organga shikoyat berish.
Xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilishning keng va tor ma’nodagi konsepsiyasi
mavjud.
Keng ma’noda xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish deganda mehnat
qonunchiligi sohasining asosiy funksiyasini - himoya funksiyasini amalga oshirish
tushuniladi. Uning mohiyati mehnat munosabatlarining iqtisodiy jihatdan zaif tomoni
sifatida xodimning mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘liq himoya
qilishdan iborat. Bu mehnat shartlarining maqbul darajasini belgilashda, mehnat
qonunchiligiga va mehnat qonunchiligi normalarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilishda, nizolarni ko‘rib chiqish
jarayonida va yakka hamda jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilish va buzilgan
mehnat huquqlarini tiklashda namoyon bo‘ladi.