topganligi bilan izohlanadi. Manbalar tahlili asosida xojaning birinchi ruhiy holatining o ‘zgarishiga sabab Xoja Ali Romitaniy ruhi bo‘lganini, uning Naqshband o ‘zini «Biz Hazrat Azizonning muridimiz» deb ta’kidlagan. Uning tushida Boqirg‘oniy (vaf. 1186) ruhi ishorat qilgani va u Xalil Ota tarbiyasini olganini, shundan keyin Xojai Jahon ruhiyati tarbiyasida bo‘lganini yozgan. Naqshband buyuk mutasavvif Mansur Halloj (858) ruhidan ham ta’lim olgan. Naql qilinishicha, u aytgan: «Talab ayyomlarida Mansur Halloj sifati ikki marta menda tug‘yon urdi. Bir dor bor edi. Ikki marta o ‘zimni dor ostiga yetkazdim va dedi: «Joying mana shu dordir». Tangri inoyati bilan bu maqomdan o ‘tib keta oldim». Naqshband buyuk so‘fiylar Boyazid Bastomiy (vaf. 875), Junayd Bag‘dodiy (vaf. 910), Shibliy (861) ruhiy olamidan ham bahra olgan, lekin ular maqomida qolmagan. Manbalarda keyingi ruhiy tarbiya bergan valiy Xoja Hakim at-Termiziy ekanligi ko‘rsatilgan. Hijriy 789 yilda Bahouddin shunday degan: «Yigirma ikki yildirki, biz Hakim at Termiziy tariqatiga ergashamiz va ular besifat edilar. Agar biror kishi bilsa men ham bu zamonda besifatdurman». Yana Naqshband Xavazan cademic Research, Uzbekistan Page 147
www.ares.uz
cademic Research in Educational Sciences \ Vol. 1 No. 2, 2020 ISSN 2181-1385 Qushayriy (986) va Fariduddin Attor (vaf. 1220) ruhiyatidan tarbiya olgan. Maqomotda yozilishicha, u aytar edi: «Bizning sulukimiz tariqatda Imom Qushayriy va Shayx Attor aytgan so‘zlariga juda muvofiq keladi»[6]. MUHOKAMA Manbalardan ma’lum bo‘ladiki, Naqshbandga Abu Ali al-Horis Muhosibiy (781), Abu Sayid Abulxayr (967), Abdulloh Ansoriy (1006) va Abdulqodir Giloniy