(1077-1166) kabi valiylar ruhiy ta’sir etgan. Bahouddinning «Avrod» asari bor. Avrod «vird» so‘zining ko‘pligidir. Virdni Trimingem uch mazmunda: «a) tariqat; b) maxsus duo; v) tariqatning zaruriy duosi» deb talqin etgan. Virdning tariqat ma’nosida kelishi uning bu yo‘lning asosini tashkil etuvchi duolar tizimi ekanligini anglatadi. «Vird tariqat so‘zining sinonimi bo‘lib, xizmat qilish zarur bo‘lgan yo‘lni anglatadi. Shuning uchun muayyan shayxning virdiga ergashish shu tariqat yo ‘liga ergashish demakdir». Vird tariqatga kirishda ahd marosimida bu y o ‘lga kirayotgan kishiga tasbeh bilan birga topshirilgan va kamolot darajalariga muvofiq o ‘qishga ijozat berilgan. Trimingem islomdagi tariqatlarni tahlil etib, «Barcha tariqatlar o ‘zining shaxsiy, o ‘z rahbari ijod etgan avrodiga ega bo‘lgan. Unda tariqatning xususiyati o ‘z aksini topgan», - degan xulosaga kelgan. Tadqiqotchi Naqshbandning «Avrod» nomli asari Naqshbandiya tariqatining xususiyatlarini aks ettiruvchi muhim manba degan xulosaga keladi. «Avrod»da butun borliq yagona ilohiy asosga ega bo‘lgan ikki olamdan iborat, deb qaraladi. Bu olamlarning biri «amr», ikkinchisi «xalq» deb nomlanadi. «Amr» - Tangrining amri bilan yaratilgan birlamchi, abadiy va asosiy olam, «xalq» esa shu amr olamining tadrijiy rivojlanishi natijasida vujudga kelgan mavjudotlar olamidir. Ikkinchi olamning asli amr olami bo‘lib, u o‘zgaruvchan va foniydir. Shu bilan birga, Bahouddin jami borliqni «g‘ayb» va «shahodat» olamlariga ajratadi. «G‘ayb» ko‘zga ko‘rinmaydigan farishtalar, jinlar va boshqa ilohiy quvvatlar olami. «Shahodat» insoniyat guvoh bo‘lib turgan zohiriy olam. Bahouddinning fikricha, «shahodat» olamiki inson o ‘z hissiyotlari va aqli orqali o ‘rganishi mumkin. Ammo Tangri O‘zi istagan kishigagina g ‘ayb olami sir-asroridan boxabar bo‘lish imkoniyatini laduniy