Page 113
uchun avvalo, yosh avlodning yashash va ta’lim olish muhitini yaxshilash va bu yo‘lda
amaliy islohotlarni yo‘lga qo‘yish lozim.
2. Metodlar va o‘rganilish darajasi. “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatdga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh
kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz ” degan edi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. [1] Darhaqiqat, yuksak ma’naviyatli
avlod, albatta, imkoniyat va sharoit yaratib beradigan davlatda kamol topadi.
Yurtimizda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o‘z mustaqil fikriga ega
bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim
masaladir va yoshlarga oid davlat siyosati siyosatning eng ustuvor pog‘onasida, balki
zamon talab qilayotgan yuksak darajadadir. Yangi O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlash,
ularning muammo-yu tashvishlarini eshitish, his qilish va ularni hal qilishga amaliy
yordam berish, mustaqil hayotga kirayotgan yigit-qizlar, yosh oilalarni qo‘llab-
quvvatlash uchun hamma – davlat va jamoat tashkilotlari birgalikda ko‘p tizimli ishlar
olib bormoqda.
Avvalari xalqning muammolarini yechishga vaqt ketsa, hozirda muammolarning
kelib chiqmasligi uchun harakat qilinmoqda. Ayniqsa, yoshlarni eshitish, ularning
muamollarini yechich davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Vatanimizda Uchinchi
Renessans asosi va poydevori, shubhasiz, biz yoshlarmiz! Buning isbotlashimiz uchun
barcha imkoniyat vas hart-shoaroitlar yaratib berilgan.
Davlatimiz yoshlarga e’tiborni, birinchi navbatda, ta’limdan boshladi.
“Madaniyat yoshlikdan, insonni bolallar bog‘chasida, maktabda kitob o‘qitishdan
boshlanadi” kabi gapning amaliy ifodasi sifatida islohotlar maktabgacha ta’lim
muassasalarini tubdan isloh qilishdan va jahon tajribasidan o‘rgangan holda eng
zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘chalarni ta’minlashdan boshlandi. Bog‘cha
bosqichidan yetarli shart-sharoit va yaxshi bilim olmagan yoshdan oliy ma’lumotli
bo‘lganida nimani kutish mumkin? Aynan mana shunday savollarga amaliy savol
sifatida hozirgi kunda yurtimizning barcha hududlariga kichik yoshli farzandlarning
ta’lim-tarbiya olishi uchun yoshlar va o‘qituvchilarga birdek sharoitlar yaratilmoqda.
Tarix zarvaraqlariga oltin harf bilan nomlari yozilgan Imom Buxoriy, Muhammad
Xorzamiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek,
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan ma’naviy va ilmiy meros yosh
avlodni chin man’noda komillik sari yetaklaydi, ularning hayot yo‘li va faoliyati ibrat
namunasidir. Ulug‘ bobokalonlarimiz biz, yoshlarni ilm olishga, kitob o‘qishga va ilmni
tajribalar bilan mustahkamlashga chaqiradi. Haqiqatan, ilm olmoq va uni ulashmoq
ma’naviyat quyoshining eng yorqin nurlaridir. Kishing ong-u tafakkuri kitob o‘qish va