Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor



Yüklə 59,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü59,56 Kb.
#182056
1   2   3   4   5
vatan-taraqqiyotiga-mening-hissam-yuksak-ma-naviyatli-avlod-uchinchi-renessans-bunyodkorlari

ǀ
ISSUE 7 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 114
uni uqish bilan shakllanadi. Shu sabbali tyurtimizda katta va kichik yoshlar orasida 
kitobxonlik va kitob o‘qish an’anasi kenhg targ‘ib qilinmoqda va bu tashabbus orqali 
xalqimizning barcha qatlami kitobga allaqachon yana-da ko‘proq mehr qo‘yishga 
ulgurdi. Har yili o‘tkazilib kelinayotgan kitobxnlik tanlovlari yoshlarning bilimini 
tajribada sinash uchun asos bo‘lmoqda.
3.
 
Tadqiqot natijalari 
Internet resursi jadallashib rivojlanayotgan zamonda yoshlarning ilm olishi va 
unga ergashishi sezilarli darajada osonlashdi, sababi: netvorking orqali dunyo yoshlari 
o‘z fikr-mulohazalarini ijtimoiy tarmoqlarda yoritib berishi natijasida yoshlar bir-
biridan o‘rganib, dunyo talabiga mos fikrlamoqda. Uchinchi Renessans davrining 
gurkirashida ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyat kasb etadi. Jahonga tahdid solayotgan – 
kovid-19 kasalligi tufayli ta’lim jarayonlari va ko‘p bellashuvlar onlayn formatda bo‘lib 
o‘tishi odatiy holga aylanib qoldi. Demak, endilikda internet tarmog’i hayotimizning 
ajralmas qismi sifatida alohida muhimlikka egadir. Ijtimoiy tarmoqlardan yoshlarning 
qay maqsadda foydalanishiga bevosita ma’naviyatning bir bo‘g‘iniga aylanib qolmoqda. 
Quvonarlisi, yurtimizda kompyuter savodxonligi, dasturlash bilimini egallash uchun 
yoshlarga kerakli shart-sharoitlar yaratib berolmoqda.
Internet tarmoqlardan foydalanish madaniyati ma’naviyatning asosiy 
masalasidir. Hozirgi kunda tarmoqlarning xavfsizlik darajasi va ulardan unumli 
foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bevosita davlat tomonidan kafotlanishi zarur. 
Internet va undagi kontentlar yosh avlodning ma’naviyat dunyosiga o‘z ta’sirini 
o‘tkazmay qolmaydi. Undan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish hammamizdan birdek 
mas’uliyat talab qiladi.
Maktablarda o‘quvchi yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun hukumat o‘zining 
barcha imkoniyatlarini safarbar qilmoqda. Iqtidorli va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar 
bilan ishlash jarayonlarida o‘qituvchilar metodikasida jahon standardlariga javob bera 
oladigan o‘zgarishlar yuz berdi. Ta’lim muassasalari rahbarlari bilim va salohiyatini, 
liderlik qobiliyatlarni oshirish uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilishi yo‘lga 
qo‘yildi. Ayniqsa, xalqaro, respublika, viloyat va tuman darajasida o‘z bilimi va kuchi 
bilan bellashuvlarda g‘olib bo‘layotgan yoshlarni munosib taqdirlash mexanizmi yo‘lga 
qo‘yib kelinoqda va bu, albatta, yoshlarni yorug‘ kelajakka, ularning davlat va jamiyat 
hayotida o‘z o‘rinlari borligiga ishontiradi, inontiradi! Mana shunday sharoitlarga 
munosib javob berayotgan yoshlar faoliyati televideniye, matbuot va internet 
nashrlarida muttasil va mufassal yoritib kelinishi respublika bo‘ylab barcha yoshlarga 
ruhiy dalda va motivatsiya beradi.
Yoshlar jamiyatimizning buguni va ertasidir. O‘zbekistonning eng katta boyligi 
hamda bebaho xazinasi yoshlardir. Mamlakatimizda bizning huquq, manfaatlarimizni 
himoya qilish, zaruru shart-sharoitlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 59,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin