Page 115
mavjud bo‘lib, bu tizim zamon talablariga hamohang tarzda takomillashtirilib
borilmoqda. Bunga qadar parlament tomonidan yoshlarga oid 50 ga yaqin qonun
hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 40 ga yaqin xalqaro huquqiy hujjatlar imzolangan.[2]
Masalan, O‘zbekiston davlati rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 14-sentabrda
birinchi imzolagan qonun hujjati “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunini
hamda 2017-yil 23-iyundagi “Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni
yaqqol namuna bo‘la oladi. [3]
O’zbekiston aholisining qariyb 64 % ini yoshlar tashkil etadi.[4] Bundan
ko‘rinib turibdiki, mehnat resurslarining yarmidan ko‘pi yoshlardir. Ayni damda har uch
rahbardan biri ham yoshlar hisoblanadi. Buning isbotini esa Oliy Majlis Senati huzurida
tashkil etilgan Yoshlar parlamenti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda unga yangi tarkib
sifatida qo‘shilgan Yoshlar ishlari agentligi misolida ko‘rishimiz mumkin. Bugungi
kunda yoshlarni rahbarlikka tayyorlash maqsadida ularning tadbirkorlik bilan
shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratilib, ularni turli zararli illatlar ta’siridan himoya
qilish hamda huquqbuzarlikning oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etish maqsadida
“Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tuzildi. Yoshlar biznes tashabbuslarini start-up
g‘oya va loyihalarini amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 %
miqdorda imtiyozli kreditlar doirasida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari tashkil
qilindi. Yangi O‘zbekistonning ma’rifatli jamiyatini yaratishda barcha o‘zgarishlarning
negizi hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni
vaqtda ta’lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti
umumiy qiymatining yarmidan ko‘prog ‘ini tashkil etmoqda. E’tibor berib qaraydigan
bo‘lsak, yangi ochilayotgan va ochilgan davlat tashkilotlari hamda xususiy
tashkilotlarda rahbarlik yoxud shu kabi lavozimlarni biz kabi yoshlar egallab turibdi.
Shu o‘rinda o‘zim hozirgi kunda universitet talabasiman va o‘z soham bo‘yicha
yutuqlarga erishib kelmoqdaman. Bularning asosida Vatanimdagi yoshlarga
berilayotgan e’tibor turadi. Yurtboshimiz tashabbusi bilan ochilgan xorijiy tillarga
ixtisoslashtirilgan Ibrat maktab-internatini oltin medal bilan tamomladim va hozirgi
kunda 6 ta xorijiy tillar (ingliz, rus, nemis, fransuz, turk va arab) ni puxta o‘zlashtirib
kelmoqdaman. Yoshlarning ong va dunyoqarashi boyishi va ularni ma’naviyati oshishi
uchun tashkillangan ko‘plab forum, sammit, tanlov va bellashuvlarning tashkilotchi
ishtirokchisi hamda g‘olibasiman. O‘z iste’dodim bilan xalqaro miqyosda ham
yutuqlarga erishib kelmoqdaman. 2020-yil ilk marotaba tashkil etilgan Respublika
Yoshlar forumiga davlatimiz rahbari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan bir
safda, prezidiumda yoshlardan ilk vakil sifatida o‘tirdim. Davlatimiz rahbari bilan yana
ko‘rishish va suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldim. Biz, yoshlarni davlatimiz rahbari
eshityapti, bizni xalq kutyapti, bizga ishonishmoqda.