SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 7
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 112
VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM (YUKSAK MA’NAVIYATLI
AVLOD – UCHINCHI RENESSANS BUNYODKORLARI)
Dilshoda Oybek qizi Xakimova
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
khakimovaa.dilshoda@mail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ma’nan yetuk, ruhan kuchli va jismonan baquvvat yoshlarning
mamlakat rivoji, buguni va ertasi uchun bebaho o‘rni, bugungi kunda O‘zbekiston
yoshlari Uchinchi Renessansni bunyod etishdagi roli
va kuchi haqidagi mavzu
yoritilgan.
Kalit so'zlar:
taraqqiyot, yoshlar, ta’lim, tizimli, kelajak, respublika
1.
Kirish va dolzarbligi.
Bugungi globallashuv jarayonida har bir davlatning dunyo hamjamiyatidagi
darajasi va mavqeyi u yetishtirayotning yoshlarning ma’naviyati, bilimi va tarbiyasi
bilan belgilanmoqda. Har qaysi davrda ham yoshlarga e’tibor
xalqning bosh mavzusi
bo’lib kelgan. Hozirgi kunda butun dunyo aholi sonining 18 % ini yoshlar tashkil qiladi.
Taraqqiyotning har qanday sohasida rivojlanayotgan davlatlar, avvalo, yosh avlodning
bilimiga va yaratuvchanligiga suyanadi. Demak, har bir millatda
yoshlar va ularning
masalalari e’tibor markazida turadi, ularning tarbiyasiga jamiyki xalq mas’uldir.
Yoshlarga shart-sharoit yaratib berish davlatning hal qilishi kerak bo’lgan oliy masalasi
va foyda olishi muqarrar bo‘lgan investitsion manbayidir. Tabiiyki, o’sib
kelayotgan
avlodning intellekti va shaxsi rivojlanishi uchun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy
merosning ahamiyati yuksakdir. Azaldan bizning ota-bobolarimiz farzand tarbiyasi va
uning kelajakda yaxshi inson bo‘lib kamol topmog’i uchun qayg’urgan.
Bizga yetib
kelgan adabiy va ilmiy asarlar, doston va rivoyatlarning hammasida yoshlar markaziy
obraz sifatida tasvirlangan. Bundan ko‘rinib
turibdiki, yoshlarga e’tibor, ularning
ma’naviy rivojlanishi va yetuk shaxs bo‘lishidagi sa’y-harakatlar avvaldan boshlangan
tizimli an’anadir. O‘lmas an’ananing poydevori – yoshlarning ma’naviyati. O’zi aslida
ma’naviyat nechog‘lik ahamiyat kasb etadiki, ma’naviyatli
insonlar doim maqsadiga
erishadi? Ma’naviyat – insonning komil shaxs bo‘lib yetishishidagi bebaho fazilat,
ma’naviyati yuksak inson hayotning katta-kichik muammolariga va taqdirning
toblanishlariga
yengilib qolmaydi, aksincha, ulardan kuch olib, o‘z
maqsadi tomon
olg‘a boradi.
Ma’lumki, ilm olmoq va o‘rganmoq davrning talabi va ehtiyojidir. Yoshlarning
ushbu talabalarga javob berishi uchun ular yashayotgan muhit bosh omildir. Shuning