Issn 2181-6883 pedagogik mahorat ilmiy-nazariy va metodik jurnal



Yüklə 438,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix29.11.2022
ölçüsü438,86 Kb.
#71285
1   2   3   4   5   6   7   8
admin, 4238-Текст статьи-11610-1-2-20220116

Muhokamalar va natijalar. Mental arifmetika - bu yuqori sifatli dastur boʻlib, matematik amalni 
miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni oʻrgatadi. Mental arifmetika dasturi farzandingizga quyidagi 
qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi: 
✓ diqqatni jamlash; 
✓ tasviriy xotira; 


#6, 2021 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
135 
✓ ijodiy fikrlash; 
✓ tinglash va kuzatuvchanlik; 
✓ tasavvur qilish; 
✓ mantiq; 
✓ analitik fikrlash; 
✓ yetakchilik qobiliyati. 
Mental arifmetikaning har bir darsida bolalar yangi mavzuni oʻrganadilar, shuning uchun bitta guruhda 
turli darajadagi bilimlar va aqliy arifmetik texnikaga ega bolalar boʻlishlari mumkin emas. 
Har bir mavzu bosqichma bosqich tushuntiriladi. Bolaning barcha ma’lumotni qabul qilish kanallari 
oʻqitiladi. Bu 45 daqiqa davomida faqat bitta yangi mavzu ustida ish olib borilishini anglatadi. Faqat har bir 
bola 100% yangi materialni tushunganligi va oʻrganganiga amin boʻlganidan keyingina, darsda olgan bilim va 
koʻnikmalarini mustahkamlash uchun unga uy vazifasi beriladi. 
Yangi mavzu ustida ishlayotganda, avval oʻrganilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash uchun 
materiallar tanishtirilib, takrorlanadi va shu bilan mustahkam bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi. Shuning 
uchun har qanday ta’lim bosqichida va har qanday bilim darajasidagi yangi oʻquvchilarni sinfga qoʻshish 
taqiqlanadi. Oʻqish uchun puxta va batafsil kitoblardan foydalaniladi. Har bir yangi mavzu uchun kamida 8 
varaq ma’lumot taqdim etiladi. Har bir sahifada 4 ta satr, 10 ta misollar mavjud.
Mental arifmetika mashgʻulotlarining uchinchi darsidanoq bolalar aqliy hisoblashni boshlaydilar. 
Bolada 135any o boʻyicha koʻnikmalarni oʻrgatish bilanoq, uni aqliy, tasavvurdan foydalanib, dastlab 
formulalarsiz oson misollar asosida ishlashni taklif qilishadi, keyin asta-sekin hisoblash murakkablashadi. Bu 
bolalarni oʻqishga undaydi. Aqliy arifmetikani oʻrganishning dastlabki bosqichlaridan boshlab ular natijalarni 
koʻrishadi, yaxshi oʻrganilgan materiallar va oʻqitilgan koʻnikmalar bu jarayonni maksimal darajada 
murakkablashtirmaydi. Ular harakat qiladilar, boshqaradilar va bolalar oʻzlarining qobiliyatlari va bilimlariga 
nisbatan oʻziga ishonch hissini qozonadilar. Boshqa metodologiyalarga koʻra, qoida tariqasida, barcha 
formulalar abacusda dastlab bir yil davomida oʻrganiladi va faqat bir yildan keyin ular aqliy hisoblashga 
harakat qila boshlaydilar. 
Ta’lim jarayonida yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, 135any o135n 
darsliklar, multimedialar vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida oʻqitish sifatini tubdan 
yaxshilash vazifasi qoʻyiladi. 
Matematika oʻqitish oʻquvchilarni savodlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, oʻz fikri va xulosalarini 
nazorat qila olishga ayniqsa, kuzatish, tajriba va famhlash asosida aytiladigan fikrlarning ravon boʻlishiga 
erishish kerak. 
Hozirgi vaqtda hayotimizning hamma sohalarida hisoblash asboblarida hisoblash katta ahamiyatga 
egadir, lekin shu bilan bir qatorda, kundalik turmushda ham zarur boʻlgan hisoblashlarni tez, aniq, ba’zan yoʻl-
yoʻlakay, yani ogʻzaki hisoblashni bilish talab qilinadi. 
Xulosa. Ogʻzaki hisoblashning metodik ahamiyati ham bor. Ogʻzaki hisoblashdan yaxshi malaka 
orttiradigan yozma hisoblashdan puxta malaka hosil qilish mumkin. Ogʻzaki hisob matematika oʻqitishni 
turlilashtiradi, oʻquvchilar bilmini mustahkamlaydi, ularning bilimlarini tezgina teksirib chiqishga imkon 
beradi, sinf ishini faollashtiradi, darsning ta’sirini oshiradi. Faqatgina chinakam ma’rifattli odam inson qadrini 
oʻzliginianglash, erkin va jamyatda yashash jahon hamjamiyatida oʻziga mos, obroʻli oʻrin egallash uchun 
fidoilik bilan koʻrsatish kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, Mental arifmetikaga kelsak, mashqlarning koʻpligi 
juda muhim emas. Buning oʻrniga, ularni har kuni bajarish juda muhimdir. 

Yüklə 438,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin