Issn 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. №1-3 (112)



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix01.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#105385
  1   2
o-qish-darslarida-bola-nutqini-o-stirish



ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. № 1-3 (112) 
__________________________________________________________________________________ 
 
68 
UDC 378 
X.S. Xalimova, Z.S. Xo’jaboyeva
 
 
O’QISH DARSLARIDA BOLA NUTQINI O’STIRISH 
 
Mazkur maqola manaviyati boy, qalban yuksak, erkin fikrlovchi bolani 
tarbiyalashda nutq o’stiruvchi mashqlarning ahamiyati, bola nutqini 
o’stirishda o’qish darslarida qilinadigan ishlar haqida bayon qilingan. 
 
Kalit so’zlar: og’zaki nutq,yozma nutq, fikr, o’yin, ertak, hikoya, lug’at, 
so’z. 
 
Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan, barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga ilg‘or pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshiri-
layotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim, shub-
hasiz, poydevor vazifasini o‘taydi. O‘qish darslarida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy, nutqi ravon,erkin fikr-
lovchi, mustaqil fikrga ega qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan 
holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bolalarni kelajakda jahon 
standartlariga munosib kadr bo’lib yetishishida dastlabki poydevor albatta boshlang’ich sinf o’qituvchisi hisobla-
nadi. Har bir o'qituvchining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo'ladi. Muomalaning asosiy vositasi - 
tildir Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar saba-
blarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak. Ma’lumki, boshlang’ich sinf oquvchilarining 
nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchili-
klarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko’rish, nutq buzulish sabablarini o’rganish lozim. Bola nutqidagi 
kamchiliklarni to’g’irlashda ayniqsa kitobning o’rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bola nutqi bilan ishlashda 
ko’proq o’qish darslarida mashg’ulotlar o’tkaziladi. Dastlab darslikdagi qisqa hikoya va qissalar, ertaklarni qayta 
hikoya qilish, she’tlarni yod olish bolalar nutqini ravonlashtirib boradi. Ikki haftada bir marta o’tiladigan sinfdan 
tashqari o’qish darslarida tanlangan adabiyotlar ham nutqni rivojlantirib boradi. Bolalar nutqini rivojlantirishda 
xalq og’zaki ijodining ahamiyati katta. Shuning uchun ”O’qish kitobi” da ”Ertaklar-yaxshilikka yetaklar” bo’limi 
berilgan. Unga kiritilgan ertaklar bolalarni obod - axloqqa o’rgatishi, ma’naviy juhatdan rivojlanishi bilan muhim 
ahamiyatga egadir. Masalan, ”Ur to’qmoq” ertagidagi dehqon va boy obrazlari o’quvchilar ongida yaxshi va 
yomondan nafratlanish, undan yiroqlashish kerakligi haqida tasavvur hosl qilai. Maqtanchoqlik, adolatchilik, 
ochko’zlik juda yomon odat ekanligi, saxiylik, do’stga mehribon bo’lish, rostgo’ylik insonning ma’naviy yuksa-
lishga yordam berishi uqtiriladi. 
Xalqimizda shunday naql bor: «Bola - shirin so'zning gadosi». Shunday ekan, o'qituvchi muomala jarayon-
ida juda ehtiyotkor bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham o'qituvchi har doim nutq madaniyatiga 
qattiq e'tibor berishi, o'zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna sifatida namoyon etishi 
muhimdir. Boshlang'ich sinf o'qituvisining faoliyati faqat darslarini o'tish bilan cheklanmaydi, uning vazifasiga 
“Ifodali o'qish”, “Yosh kitobxon” to`garaklarini tashkil etish hamda tanlovlarni tayyorlash va o'tkazish, 
o'quvchilarning nutq madaniyatini nazorat qilish, badiiy adabiyotlarni o'qish va ularni uyushtirish, bolalar va 
qo'g'irchoq teatri ishini yo'lga qo'yish kabi tadbirlar ham kiradi. Qilingan barcha tashkiliy ishlar bola nutqini 
rivojlantirishga hizmat qiladi. Bola atrofdagilarga o’z fikrini to’liq bayon qilib berishi o’qituvchining yutug’i 
hisoblanadi. Boshlang’ ich sinf o’quvchilari nutqini o’stirishda yod oldirish, so’zlarning ma’nosini tushuntirish 
yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina qolmay, balki ular uchun qiziqarli faoliyat bo’lgan 
o’yinlardan foydalanish, ayniqsa, ko’zlangan maqsad, yuqori natijalarni qo’lga kiritishda katta yordam beradi. 
Chunki o’yin kichik maktab yoshidagi o’quvchilar faoliyatida asosiy o’rinni egallaydi. Bolalarning yosh va psix-
oligik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, o’yin dunyoni va o’zlikni anglashda, bog’lanishli nutqni 
o’stirishda asosiy vosita hisoblanadi. Maktabga ilk qadamini o’ygan bola huddi o’zga dunyogatushib qolgandek 
bo’ladi. O’zida bor bo’lgan jihatlarni ham namoyon qila olmasligi mumkin. O’qituvchi bolalarni mahorat bilan 
maktabga moslashtiradi. Bunda asosiy vosita ta’limiy o’yinlar hisoblanadi. O’qituvchi vaziyatdan kelib chiqib 
o’yinning to’g’ri turini tanlay olishi kerak. 
Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan 
qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari 
esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli 
o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida 
© Xalimova X.S., Xo’jaboyeva Z.S., 2021.


ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2021. № 1-3 (112) 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin