Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Elektr asbob-uskunalari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l elektr yoritkichlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə68/76
tarix29.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#169654
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish-fayllar.org

8-bob. Elektr asbob-uskunalari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l elektr yoritkichlari
130. Elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari mazkur Qoidalar talablarini qondirishi va muvofiqlik
sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
131. Elektr tokidan jarohatlanish xavfi yuqori bo‘lgan xonalarda hamda xonalar tashqarisida I toifaga
mansub bo‘lgan elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari bilan ishlashga elektr xavfsizligi bo‘yicha
kamida II guruhga ega bo‘lgan xodimlarga ijozat beriladi.
Tarmoqqa yordamchi uskunalarni (transformatorlar, chastota o‘zgartirgichi, himoya — o‘chirish qurilmalari
va shunga o‘xshashlarni) ulash va uni o‘chirish III guruhdan kam bo‘lmagan elektrotexnik xodimlar tomonidan
bajarilishi kerak.
132. Xonalar elektr tokidan jarohatlanish xavfining darajasi bo‘yicha turiga qarab, elektr asbob-uskunalari va
qo‘l elektr mashinalarining quyidagi toifalari qo‘llanilishi lozim:
I toifali — ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyada (qurilish — montaj ishlarini bajarish va unga
tayyorgarlik ko‘rish bundan mustasno). I toifali elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari bilan
ishlanganda, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak. Agar I toifali elektr asbob-uskunasi yoki qo‘l elektr
mashinasi faqat bitta bo‘lib, u ajratuvchi transformatorga, avtonom dvigatel-generator qurilmasiga yoki
chulg‘amlari ajratilgan chastota o‘zgartirgichga, yoki himoya o‘chirish qurilmasi orqali ulangan bo‘lsa, himoya
vositalaridan foydalanilmasdan ishlashga ruxsat berilishi mumkin;
II va III toifali — ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyaning barcha hollarida, ammo qurilish-montaj
ishlarini tayyorlash va bajarishda yuqori xavfli sharoitli xonalarda va xona tashqarisida ishlatilishi mumkin. II va III
toifali mashinalarni, individual himoya vositalaridan foydalanmasdan ishlatish mumkin. Qurilish-montaj ishlarini
bajarishda va unga tayyorgarlik ko‘rishda II toifali elektr asbob-uskunalari va elektr mashinalari bilan individual
himoya vositalari yordamida ishlash shart bo‘lgan hollar bundan mustasno;
III toifali — haddan tashqari noqulay ishlash sharoitlarida (idishlar ichida, apparatlar va boshqa metalldan
yasalgan, operatorning chiqishi va yurishi chegaralangan sig‘imlarda), shuningdek, qurilish-montaj ishlari va
ularga tayyorgarlik haddan tashqari xavfli sharoitlarda bajarilganda ishlatilishi mumkin.
Bunday sharoitlarda qurilish-montaj ishlarini bajarish va unga tayyorgarlik ko‘rish uchun III toifali qo‘l elektr
mashinalari va asbob-uskunalaridan faqat individual himoya vositalarini qo‘llagan holda foydalanishga ruxsat
etiladi.
Qo‘l elektr mashinasi yoki III toifali asbob-uskuna bo‘lmagan taqdirda, elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs
bir dona I va II toifali mashina yoki asbob-uskunani qo‘llashga ta’minot avtonom dvigatel-generator
qurilmasidan, ajratuvchi transformatordan, chulg‘amlari bo‘lingan chastota o‘zgartirgichdan bo‘lganida yoki
himoya o‘chirish qurilmasi mavjud bo‘lgandagina ruxsat berilishi mumkin.
133. Yuqori xavfli va o‘ta xavfli xonalarda ishlanganda, kuchlanishi 42 V dan yuqori bo‘lmagan qo‘l elektr
yoritkichidan foydalanish zarur.
O‘ta noqulay sharoitlarda ishlanganda, kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan qo‘l elektr yoritkichlari
ishlatilishi kerak.
Kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan yoritkichlarning elektr manbalari sifatida pasaytiruvchi transformatorlar,
mashinali o‘zgartirgichlar, generatorlar, akkumulyator batareyalari ishlatilishi mumkin. Bunday maqsadlar uchun
avtotransformatorlardan foydalanish taqiqlanadi.
134. Qo‘l elektr mashinalari, qo‘l yoritkichlari va elektr asbob bilan ishlashdan oldin quyidagilar bajarilishi
zarur:
ularning butunligini va detallarining mahkamlanganligini tekshirish;
shtepsel vilkasi, kabel (shnur), uning ustki himoyalovchi qobig‘i yaroqli ekanligini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish
yo‘li bilan tekshirish;
korpusning izolatsiya detallarini, tutqichni va cho‘tka tutqichning qopqog‘i butunligini tekshirish,
himoyalovchi g‘iloflar borligini va ularning yaroqli ekanligini ko‘zdan kechirib chiqish;
o‘chirgichning aniq ishlashini tekshirish;
salt yurishda ishlashni tekshirib ko‘rish;
I toifali mashinalarda bundan tashqari (shtepsel vilkasidagi yerga ulovchi kontakt bilan mashina korpusi
orasidagi) yerga ulash zanjirining sozligini tekshirish.
Nuqsoni bo‘lgan qo‘l elektr mashinalari, qo‘l yoritkichlari, elektr asboblari va ularning yordamchi
uskunalarini ishlatish uchun berish man etiladi.
135. Elektr asboblari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l yoritkichlaridan foydalanilganda, ularning kabellari yoki
simlari iloji boricha osib qo‘yilishi lozim. Kabel va simlarni issiq, nam va moylangan metall yuzalarga yoki



jismlarga bevosita tegib turishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.


Biror nosozlik aniqlanganda, qo‘l elektr mashinalari yoki qo‘l elektr yoritkichlarini ishlatishni darhol
to‘xtatish kerak.
136. Qo‘l elektr mashinalari, elektr asboblari, qo‘l yoritkichlari va ularning yordamchi qurilmalari sozligini va
saqlanishini nazorat qilish maqsadida Elektr uskunalarini sinash qoidalari va me’yorlari bilan belgilangan
muddatlarda davriy tekshiruvlar va sinovlardan o‘tkazilishi kerak. Mashinalar, asbob-uskunalar va yoritkichlarni
sinovdan o‘tkazish maxsus shu ishlarni bajarish uchun biriktirilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga
ega bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
137. Elektr uskunalarini ishlatish jarayonida elektr toki uzilib qolgudek bo‘lsa yoki ishdagi tanaffuslarda,
elektr asbob-uskunasi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi kerak.
138. Elektr asbob-uskunalaridan va qo‘l elektr mashinasidan foydalanuvchi shaxslarga quyidagilar
taqiqlanadi:
a) qo‘l elektr asbob-uskunalari va elektr mashinasini qisqa muddatga bo‘lsa ham, boshqa shaxslarga berib
turish;
b) qo‘l elektr mashinalarini va elektr asbob-uskunalarini qismlarga ajratish va o‘zboshimchalik bilan biron
bir (faqatgina elektr asbob-uskunasi yoki qo‘l elektr mashinasining o‘zidagina emas, balki uning shtepsel ulagich
simlari va boshqalarda) ta’mirlash ishlarini bajarish;
v) qo‘l elektr mashinasini yoki elektr asbobining simlarini ushlash yoki aylanuvchan kesuvchi asbobga
tegish;
g) qo‘l elektr mashinasi to‘liq to‘xtashiga qadar va u ishlab turgan paytda qipiq yoki qirindini qo‘l bilan
tozalash;
d) tirama narvonlardan turib ishlash. Bu ishlarni bajarish uchun mustahkam havoza yoki taxta tushama
barpo etilishi lozim;
e) qozonlarning barabanlari, metall rezervuarlar va shunga o‘xshashlar ichiga ko‘chma transformatorlarni
va chastota o‘zgartirgichlarni olib kirish;
j) qo‘l elektr mashinalarini va elektr asboblarini elektr tarmog‘iga ulangan holda nazoratsiz qoldirish.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin