106. Kabelni sinash jarayonida kabelning qarama-qarshi uchi berkitilgan kamerada, komplekt TQ
yacheykasida yoki xona ichida joylashgan bo‘lsa, eshikka yoki to‘siqqa “SINOV! HAYOT UChUN XAVFLI!” plakati
osib qo‘yilishi lozim. Agar bu eshik va to‘siqlar berkitilmagan yoki uchlari trassada ajratilgan ta’mirlanayotgan
kabel sinovdan o‘tkaziladigan bo‘lsa, bunday hollarda eshiklarga, to‘siqlarga va uchlari ochiq bo‘lgan kabellarga
plakatlar osishdan tashqari, naryadga kiritilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan
shaxslardan shu joylarga qo‘riqchi qo‘yilishi shart.
107. Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulash qurilmani boshqaruv joyida joylashgan, zanjir
uzilishi yaqqol ko‘rinadigan kommutatsiya apparati yoki shtepsel vilkasi orqali amalga oshirilishi kerak.
Kommutatsiya apparati ushlab qoluvchi qurilma bilan jihozlan bo‘lishi yoki apparatning qo‘zg‘almas va
qo‘zg‘aluvchi kontaktlari orasiga izolatsiya qoplamasi qo‘yilishi kerak.
108. Sinov uskunasidan kelayotgan simni fazaga, sinalayotgan uskuna qutbiga yoki kabel tolasiga ulash va
ajratishni sinov rahbarining ko‘rsatmasi bo‘yicha va faqat ushbu uskuna yerga ulangandan keyingina amalga
oshirishga ruxsat etiladi.
109. Sinalayotgan qurilmaga sinov kuchlanishini berishdan oldin ish bajaruvchi quyidagi tadbirlarni
bajarishi shart:
hamma brigada a’zolari o‘zlariga ko‘rsatilgan joylarda turganligi, begona shaxslar ish joyidan chiqarilganligi
va qurilmaga sinash uchun kuchlanish berish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirishi;
brigadani kuchlanish berilayotgani haqida ogohlantirishi va ushbu ogohlantirishni brigadaning barcha
a’zolari eshitganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagichni olishi,
keyin unga 380/220 V kuchlanishni berishi.
Sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagich olib tashlangan paytdan boshlab, butun sinov qurilmasi,
sinalayotgan uskuna va ular orasidagi simlar kuchlanish ostida deb hisoblanishi
hamda sinash sxemasida va
sinalayotgan uskunada simlarni qayta ulash man qilinadi.
110. Sinov ishlari tamom bo‘lgandan keyin ish bajaruvchi sinov qurilmasi kuchlanishini nolgacha
pasaytirishi, uni 380/220 V kuchlanishli tarmoqdan o‘chirishi va yuqori kuchlanish tomonini yerga ulashi (yoki
yerga ulash haqida ko‘rsatma berishi) hamda bu haqda brigada a’zolarini xabardor qilishi kerak. Faqat shundan
keyingina simlarni qayta ulash yoki sinov ishlari batamom tugallangan bo‘lsa, sinalayotgan qurilmaning simlari
sinov qurilmasidan uzib qo‘yilishi va to‘siqlari olib qo‘yilishi mumkin. KL va HL izolatsiyasini sinashdan oldin,
shuningdek, bu ishlar tamomlangandan keyin KL va HLdan qo‘shimcha qarshilik orqali qoldiq elektr zaryadini
olib tashlash, yerga ulagichni ulash va qolgan elektr zaryadi to‘liq olib tashlanganiga ishonch hosil qilish zarur.
Shundan keyingina plakatlarni olib qo‘yishga ruxsat beriladi. Zaryadsizlashni bajaruvchi shaxs izolatsiyalangan
taglikda turib, himoya ko‘zoynagini taqib, dielektrik qo‘lqopda ishlashi zarur.
111. Operatorning ish joyida 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanish ulanganligi to‘g‘risida alohida lampali
signalizatsiya bajariladi.
112. Ko‘chma laboratoriya sinov qurilmasining yuqori kuchlanishli chiqarmasi kuchlanish ostida bo‘lganda
yonadigan lampali signalizatsiya bilan jihozlanadi.
113. Megaommetr yordamida o‘lchash ishlarini bajarishga elektrotexnik xodimlari jumlasidan bo‘lgan,
o‘qitilgan shaxslarga ruxsat beriladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari naryad
bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lishi
lozim. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari farmoyish bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan
bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim. Mazkur Qoidalarga 10-
ilovaning
116-bandida
ko‘rsatilgan sinov ishlari bundan mustasno.
114. Ikki tarafdan kuchlanish olishi mumkin bo‘lgan liniyalarning izolatsiyasini
sinash ishlari faqat ushbu
liniyaning ikkinchi tomoniga ulangan elektr qurilmasining javobgar shaxsidan telefon, kuryer orqali va boshqalar
orqali (qaytadan tasdig‘i bilan) o‘chirgich va liniya ajratkichi uzilganligi va “ULANMASIN! ODAMLAR
IShLAMOQDA!” plakatlari osib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar olingandan keyingina bajarilishi mumkin.
115. Sinov ishlarini boshlashdan oldin elektr qurilmasining sinov asbobi ulangan qismida ishlayotgan
odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish, uning yaqinida turgan shaxslarga esa tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l
bilan tegishni taqiqlash, zarur bo‘lgan taqdirda esa qo‘riqchi qo‘yish zarur.
116. Elektr mashinalarining izolatsiya holatini nazorat qilish uchun to‘xtatilgan yoki aylanayotgan, ammo
qo‘zg‘atilmagan mashinada metodik ko‘rsatmalar yoki dasturlarga muvofiq megaommetr bilan o‘lchash, tezkor
xodimlar tomonidan yoki ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha joriy ekspluatatsiya tartibida elektr laboratoriyasi
xizmatchilari tomonidan bajarilishi mumkin. Tezkor xodimlarning kuzatuvi ostida bu o‘lchashlar ta’mirlovchi
xodimlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Yakorlar, rotorlar va qo‘zg‘atish zanjirlarining
izolatsiyasini elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs, stator izolatsiyasini sinashni — kamida ikkita shaxs
o‘tkazishi mumkin, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega bo‘lishi
kerak.
117. Megaommetr bilan ishlashda u ulangan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish man etiladi. Ish tamom
bo‘lgandan so‘ng tekshirilayotgan uskunalardan qoldiq elektr zaryadi uni qisqa vaqtda yerga ulash yo‘li bilan olib
tashlanishi kerak.
118. Megaommetr bilan o‘lchash ishlarini bajarish quyidagi hollarda man qilinadi:
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan ikki zanjirli liniyaning bitta zanjirida, agar boshqa zanjir kuchlanish
ostida bo‘lgan vaqtda;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori va ishlab turgan liniyaga parallel o‘tgan bir zanjirli liniyada momaqaldiroq
vaqtida yoki u yaqinlashib kelganida.
Dostları ilə paylaş: