masofalarni qisqichlarning ishchi qismi hisobiga kamayishi natijasida fazalar o‘rtasida yoki yerga elektr tutashish
ehtimoli bartaraf etilgan bo‘lishi lozim.
122. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabellarda elektr o‘lchov qisqichlaridan foydalanish uchun faqat
kabelning tolalari izolatsiyalangan va ular o‘rtasidagi masofa kamida 250 mm dan bo‘lgandagina ruxsat etiladi.
123. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan shinalarda elektr o‘lchov qisqichlari yordamida o‘lchash ishlari poldan
yoki maxsus taglik ustida turib bajarilishi lozim.
124. Fazalari gorizontal joylashgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarning har bir fazasida qisqich
yordamida o‘lchash paytida o‘lchash ishlarini boshlashdan oldin har bir fazani izolatsiyalovchi qistirma bilan to‘sib
qo‘yish zarur. Ko‘rsatilgan ishlar dielektrik qo‘lqoplarda bajariladi.
125. Ishlarni bajarish uchun konstruksiyaga yoki teleskopik minoralarga shtangasiz ko‘tarilish zarur.
Shtangani arqon yordamida ishchi qismini yuqori holatda saqlab, tik qilib ko‘tarish kerak. Ko‘tarish uchun
metalldan ishlangan arqonlardan foydalanish taqiqlanadi. Ko‘tarish paytida shtangani chayqatish yoki qattiq
jismlarga tegib ketish mumkin emas. Katta bo‘lmagan balandliklarga ko‘tarish zarur bo‘lsa, shtangani qo‘ldan-
qo‘lga uzatish mumkin.
126. Momaqaldiroq, tuman, yomg‘ir yoki ho‘l qor yog‘ayotgan vaqtda o‘lchov shtangalari bilan ishlash
taqiqlanadi.
127. Shtanga bilan ishlashda ishlovchi bilan tok o‘tkazuvchi qismlar o‘rtasida mazkur Qoidalarga
7-ilovaning
1-jadvalida ko‘rsatilgan masofaga rioya etilishi kerak.
128. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL tayanchlarida o‘lchash ishlari tirnoqlarda (lazlarda) turib va
tayanchga kamar yordamida mahkamlanib bajarilishi mumkin. HLda narvondan turib o‘lchov ishlarini bajarish
taqiqlanadi.
129. Yerga ulagich simlari bo‘lgan havo liniyalari tayanchlarida turib o‘lchash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: