jismlarga bevosita tegib turishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Biror nosozlik aniqlanganda, qo‘l elektr mashinalari yoki qo‘l elektr yoritkichlarini
ishlatishni darhol
to‘xtatish kerak.
136. Qo‘l elektr mashinalari, elektr asboblari, qo‘l yoritkichlari va ularning yordamchi qurilmalari sozligini va
saqlanishini nazorat qilish maqsadida Elektr uskunalarini sinash qoidalari va me’yorlari bilan belgilangan
muddatlarda davriy tekshiruvlar va sinovlardan o‘tkazilishi kerak. Mashinalar, asbob-uskunalar va yoritkichlarni
sinovdan o‘tkazish maxsus shu ishlarni bajarish uchun biriktirilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga
ega bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
137. Elektr uskunalarini ishlatish jarayonida elektr toki uzilib qolgudek bo‘lsa
yoki ishdagi tanaffuslarda,
elektr asbob-uskunasi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi kerak.
138. Elektr asbob-uskunalaridan va qo‘l elektr mashinasidan foydalanuvchi shaxslarga quyidagilar
taqiqlanadi:
a) qo‘l elektr asbob-uskunalari va elektr mashinasini qisqa muddatga bo‘lsa ham, boshqa shaxslarga berib
turish;
b) qo‘l elektr mashinalarini va elektr asbob-uskunalarini qismlarga ajratish va o‘zboshimchalik bilan biron
bir (faqatgina elektr asbob-uskunasi yoki qo‘l elektr mashinasining o‘zidagina emas, balki uning shtepsel ulagich
simlari va boshqalarda) ta’mirlash ishlarini bajarish;
v) qo‘l elektr mashinasini yoki elektr asbobining simlarini ushlash yoki aylanuvchan kesuvchi asbobga
tegish;
g) qo‘l elektr mashinasi to‘liq to‘xtashiga qadar va u ishlab turgan paytda qipiq yoki qirindini qo‘l bilan
tozalash;
d) tirama narvonlardan turib ishlash. Bu ishlarni bajarish uchun mustahkam
havoza yoki taxta tushama
barpo etilishi lozim;
e) qozonlarning barabanlari, metall rezervuarlar va shunga o‘xshashlar ichiga ko‘chma transformatorlarni
va chastota o‘zgartirgichlarni olib kirish;
j) qo‘l elektr mashinalarini va elektr asboblarini elektr tarmog‘iga ulangan holda nazoratsiz qoldirish.
Dostları ilə paylaş: