Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Elektr qurilmalarida balandlikka chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə70/76
tarix29.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#169654
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish-fayllar.org

10-bob. Elektr qurilmalarida balandlikka chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar
152. Balandligi yerdan yoki bostirmadan 1 metr va undan yuqori bo‘lgan ishlar yuqorida bajariladigan ishlar
hisoblanadi. Bunday ishlarni bajarishda ishlovchilarning yuqoridan qulab tushishining oldini olish choralari
ko‘rilgan bo‘lishi zarur.
153. Himoya kamari qulab tushishning oldini oluvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladigan yer, bostirma yoki
ishchi tushama yuzasidan 5 metrdan yuqori balandlikda, havoza, taxta tushama ustida turib bajariladigan ishlar
balandlikka chiqib bajariladigan ishlar hisoblanadi. Balandlikka chiqib bajariladigan ishlarni bajarishga ruxsat
etilgan shaxslarning sog‘ligi ushbu ishlarni bajarish uchun belgilangan tibbiy talablarga javob berishi kerak.
Balandlikda bajariladigan ishlarni amalga oshirishga berilgan ruxsat haqidagi maxsus yozuv bilimlar sinovi
guvohnomasining “Maxsus ishlarni bajarish huquqiga guvohnoma” jadvalida qayd etilishi zarur.
154. Agar himoya kamarining stropini tayanchga, konstruksiyaga mahkamlashning imkoni bo‘lmasa, unda
tayanch detalga, konstruksiyaga oldindan mahkamlab qo‘yilgan xavfsizlik arqonidan foydalanish kerak. Ushbu
ishni ikki shaxs bajarishi zarur, bunda ikkinchi shaxs xavfsizlik arqonini zarur bo‘lsa, sekin-asta ko‘tarishi yoki
tushirishi kerak.
155. Kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar tagida joylashgan konstruksiyalar ustida ish
bajarilgan hollarda, asbob-uskunalar va ta’mirlash moslamalarining tushirib yuborilishidan saqlash uchun ular
bog‘lab qo‘yiladi. Bunday hollarda metall zanjirli himoya kamaridan foydalanish man etiladi.
156. Konstruksiya yoki qurilma ustiga ko‘tarish zarur bo‘lgan detallarni “uzluksiz halqa” uslubidagi yo‘g‘on
arqon yordamida ko‘tarish lozim. Pastda turgan xizmatchi yo‘g‘on arqonni tebranib ketmasligi va tok o‘tkazuvchi
qismlarga tegib ketmasligi uchun ushlab turishi zarur.
157. Portallarda, konstruksiyada, tayanchlarda va boshqalarda ishlovchi xodimlar tanasini qismaydigan va
harakatni cheklamaydigan kiyimdan foydalanishi zarur. Uning shaxsiy asbob-uskunalari sumkasida turishi kerak.
158. Balandlikda yoki balandlikka ko‘tarilib bajariladigan ishlarni bajaruvchi brigada a’zolarini kuzatib
turuvchi shaxslar yerda joylashishlari mumkin.
159. Ko‘prikli kran aravachasida turib, mashina zali va sexlar shiplaridagi yoritish qurilmalariga xizmat
ko‘rsatish ishlari kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga
ega bo‘lishi lozim. Ikkinchi shaxs ishlovchi yonida turib, uning xavfsizlik choralariga yetarli darajada rioya
etayotganligini kuzatib turishi shart. Ishlar ta’mirlovchi xodimlar tomonidan bajarilgan taqdirda ularga naryad
berilishi kerak.
Vaqtincha taxta tushama, narvon va shunga o‘xshashlarni aravacha ustiga o‘rnatish man etiladi. Ishlarni
bevosita aravacha tushamasi ustida yoki qoplama tepasiga o‘rnatilgan statsionar (doimiy) taxta tushama ustida
turib bajarish zarur.
Aravachaga ko‘tarilishdan oldin trolley simlaridan kuchlanishni olib tashlash shart. Ishlash jarayonida
himoya kamaridan foydalanish kerak.
Kran ko‘prigini yoki aravachasini kran haydovchisi faqat ish bajaruvchining buyrug‘i bilan yurgizishi kerak.
Ko‘prik krani harakatlanishi jarayonida ishlovchi shaxslar kranchi kabinasida yoki ko‘prik to‘shamasida turishlari
zarur. Ishchilar aravachada turgan paytida ko‘prikli kranni va aravachani bir joydan ikkinchi joyga yurgizish man
etiladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin