Ta’mirlanayotgan har xil potensial ostidagi faza elementlarini (masalan, sim va shodalarni) ulash yoki ularni
bir-biridan ajratishda dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
201. Izolatsiyalovchi qurilmadan uning ish maydonchasiga o‘tish va qayta o‘tish
uchun faqat maydoncha
montyori bilan birgalikda simdan, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan HLda 0,5 metrdan ortiq masofaga, kuchlanishi 150
— 220 kV bo‘lgan HLda esa 1 metrdan ortiq masofaga uzoqlashtirilib, ishchi maydonchasidan potensial
olingandan so‘ng ruxsat etiliadi.
202. Kuchlanishi 35 — 110 kV bo‘lgan HLda kuchlanish ostida naysimon zaryadsizlantirgichni uning tashqi
elektrodi bilan sim orasida belgilangandan kam masofaga yaqinlashishi imkoniyatini
istisno etadigan
izolatsiyalovchi osma gabaritnikdan foydalanish sharti bilan o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Zaryadsizlantirgichni olish paytida zaryadsizlantirish elektrodini burish yoki uning tashqi elektrodini simga
yaqinlashtirishda gaz otilib ketishi mumkin bo‘lgan zonada turish man etiladi. Zaryadsizlantirgichning tashqi
elektrodini simga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish faqat izolatsiyalovchi shtanga yordamida bajarilishi zarur.
203. Tayanchdan izolatsiyalangan yashin qaytargich trosga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish man
etiladi. Muz eritish sxemasida
trosdan foydalanilganda, trosga yaqinlashish mumkin bo‘lgan masofa eritish
kuchlanishiga qarab belgilanadi.
204. Kuchlanish ostida turgan HLda kunning qorong‘u vaqtida, yomg‘ir va qor yog‘ayotganda,
momaqaldiroq va tuman paytida, shuningdek, tayanchda ishlarni qiyinlashtiradigan
shamol paytida ishlash
taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: