Iste’mol nazariyasi quyidagi taxmin-mulohazalarga asoslanadi:
Iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko‘rish va turkumlashtirishga qodir. Iste’molchi ikkita A va B ne’matlar to‘plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko‘radi. A>B, B
Iste’molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitivligi). Agar iste’molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko‘proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko‘ra ko‘proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko‘proq xohlagan bo‘ladi, ya’ni: A>B, BS.
To‘yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovarlar yaxshi (ma’qul) tovarlar deb hisobga olib, iste’molchi xar doim kam miqdordan ko‘p miqdordagi tovarlarni afzal ko‘radi.
Iste’molchilik xatti-harakati– bu iste’molchilarning turli tovar va xizmatlarga talabini shakllantirish jarayoni. Talab – ehtiyojning pul bilan ta`minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning wsib borishi talabning qisqarishiga olib keladi, talabning kengayishi esa narxning wsishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil o’zgaruvchi) bilan talab (tobe` o’zgaruvchi) o’rtasida teskari bog`liqlik mavjud.Talab ikki xil yo’nalishda o’zgaradi: biri talab hajmining o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig`i bo’ylab xarakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning wzgarishi bwlib, talab egri chizig`ining o’zini o’nga yuqoriga yoki chapga pastga qarab siljitadi.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bo’lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan unga bog`liq emas, chunki zaxira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan tovarlar mikdoriga ta`sir ko’rsatadi. Taklif bilan narx o’rtasida to’g`ri bog`liqlik mavjud, narxlarning o’sishi taklifning o’sishiga olib keladi va aksincha. Talab va taklifning wzaro ta`siri natijasida bozor muvozanati vujudga keladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.