Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 532
w www.oriens.uz September 2021 Shu bilan bir qatorda: - pedagoglar o‘z kasbiy faoliyati bo‘shliqlarni to‘ldirish ustida izlansin, o‘z
ustida muntazam ishlasin;
- ta’lim oluvchilar bilan Internet tarmoqlari yoki telegramm orqali bog‘lanib
tursin, o‘z fani yuzasidan ularga muammoli vazifalarni taklif etib borsin hamda
ularning bajarilishini nazorat qilsin;
- hayotiy, turmush, fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarni
hal etishga bag‘ishlangan ma’lumotlardan ularni ko‘proq xabardor qilsin;
- bugungi kunda televidenie orqali efirga uzatilayotgan darslarni kuzatib borsin,
ulardan tajriba olsin, ularni ko‘rishni ta’lim oluvchilariga ham taklif etsin;
- ma’ruzalar slaydini yaratsin, ularda loyihalash va modellashtirishga e’tiborni
qaratsin, bu o‘z navbatida ta’lim oluvchilarning bilimlarni puxta egallashlariga,
yaxshi tushunishlariga, kelajakda kerakli ekanligini tasavuur etishlariga xizmat qiladi;
- bugungi kunda o‘qitish shakllari, metodlari, vositalari va texnologiyalarini
qanday takomillashtirish kerakligi haqida o‘ylasin, bu o‘z navbatida ta’lim
oluvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirada, pedagogga bo‘lgan
hurmat kuchayadi, o‘zaro ijobiy munosabat va hamkorlik vujudga keladi;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ular asosida yaratilgan interfaol
usullarni yaxshilab o‘rgansing, chunki ayrim pedagoglarimiz pedagogik
texnologiyalarning maqsad va vazifalarini, uning tamoyillarini, qonuniyatlarini,
darsga kiritish mexanizmlarini hanuzgacha bilishmaydi yoki ulardan pala-partish
foydalanishadi, bu esa o‘z navbatida ta’lim oluvchilar bilimining susayishiga olib
keladi;
- bugungi kunda ta’lim oluvchilarning kasbiy sifatlarini shakllantirish va
rivojlantirishga yo‘naltirilgan – muammoli o‘qitish, loyihalash, evristik,
modellashtirish, modulli o‘qitish texnologiyalaridan ko‘proq foydalanishga hamda
o‘z faoliyatiga joriy etishga harakat qilsin, ularni yaxshilab tushunib olsin;
- ta’lim oluvchilarga kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishlarida mavjud
tajriba va mahoratini ayamasin, xo‘ja ko‘rsinga dars o‘tishdan voz kechsin, chunki
yoshlarimizni kelajak kutyapti, Prezidentimiz ularga katta ishonch bildiryapti,
qolaversa bu pedagogning obro‘si;
- men zo‘rman deyishdan o‘zini asrasin, tajriba almashsin, bilmaganlarini
boshqalardan so‘rasin, bilganlarini boshqalarga o‘rgatsin, aytishadi-ku so‘rab
o‘rgangan olim, so‘ramagan o‘ziga zolim deb.
Demak, ilg‘or xorij tajribalaridan foydalangan holda o‘zimizning
tizimlashtirilgan
ta’lim
sifati
borasidagi
amalga
oshiriladigan
ishlarni