Istiqbollari haqida fikr va mulohazalar



Yüklə 123,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix02.12.2023
ölçüsü123,09 Kb.
#171154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-mulohazalar

Jumladan: 
- ta’lim muassasalarida malakali pedagoglarning yetishmasligi, ularni 
tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan o‘quv reja va dasturlarining yaratilishida 
sohadagi islohotlar to‘liq inobatga olinmasligi hamda ular mazmunan eskirganligi; 
- ta’lim oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda hamda 
iqtidorli yoshlarning kreativ g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etilishida tizimli va 
innovasioln faoliyat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
- pedagoglar tomonidan ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmaganligi;
- pedagoglar tomonidan innovasion pedagogik texnologiya va metodlarini 
amaliyotga keng joriy etilmasligi;
- ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
- o‘quv mashg‘ulotida ta’lim oluvchilarga bahslashish, o‘zining fikrini bayon 
etishga imkon juda kam berilishi; ayrim mashg‘ulotlarda pedagoglar eski 
ma’lumotlarni takrorlash bilan cheklanib qolayotganligi, ularning talab darajasida 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
526 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
tayyorgarlik ko‘rmaganligi, bilim va kasb saviyasining pastligi jiddiy muammo bo‘lib 
qolmoqda, kompetentliklari esa yetarli darajada emasligi sezilmoqda. 
Bu muammolarni bartaraf etish pedagoglarning malakasini muntazam oshirishni, 
bunda alternativ usullarni qo‘llash hamda tinimsiz izlanishlarini yo‘lga qo‘yish kabi 
vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida pedagoga katta 
mas’uliyat yuklaydi.
Hozirda o‘quv dasturi mazmuni va strukturasini qayta ko‘rib chiqish juda 
muhim. U pedagog uchun “ko‘zgu” vazifasini bajarishi lozim. Chunki, inson ko‘zgu 
(oyna)ga qarab o‘zining butun bir vujudini ko‘radi. Shuning uchun ham pedagog o‘z 
fani bo‘yicha o‘quv dasturiga qarab, butun bir faoliyatini, o‘quv mashg‘ulotida ta’lim 
oluvchilarga yetkazishi lozim bo‘lgan jarayon borishini, unda amalga oshirishi lozim 
bo‘lgan vazifalarni eslaydi. Lekin, amaldagi fan dasturlarida o‘ziga yarasha 
kamchiliklar mavjud: 

Yüklə 123,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin