52
holda, bir-biri bilan uyg‘unlashgan masalalarni to‘plashga urindilar.
Shunday qilib, mazhab bo‘yicha tafriy’
, ya’ni juz’iy masalalar (furu’l-
fiqh) va fiqhning barcha tarmoqlarini birlashtiruvchi va umumiy
tamoyillarga e’tibor beruvchi asosiy qoidalar va umumiy nazariyalar (usul
ul-fiqh) yuzaga kelgan. Izohlab o‘tilgan to‘rt omil Hanafiy mazhabining
islom dunyosida keng ko‘lamda tarqalib, rivojlanishining asosiy sabablari
hisoblanadi.
Hozirgi kunda Hanafiylikning jo‘g‘rofiy hududi Markaziy Osiy
davlatlaridan boshlab, Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Eron,
Iroq, Arabiston, Yaman, Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Turkiya,
Indoneziya va boshqa musulmon o‘lkalariga yetib boradi. Abu Hanifa
mazhabi aytib o‘tilgan mamlakatlarning ayrimlarida asosiy mazhab
bo‘lsa, ayrimlarida ikkinchi yoki uchinchi o‘rinda turadi.
Hanafiy mazhabi Shimoliy Afrika mamlakatlari (Tunis, Jazoir,
Marokash)da ham tarqalgan. Bu o‘lkalarda hanafiylar soni ko‘p bo‘lmasa
ham, bu mazhab olimlari katta izzat va hurmatga ega. Tunis poytaxtida
sud ishlari hanafiy va molikiy mazhablari asosida yuritilib, unda hanafiy
sud tizimi molikiy sud tizimi bilan birga qo‘llaniladi. Hasan Sodiqning
ta’kidlashicha, bu yerda hanafiy mazhabining buyuk muftiylari mavjud
bo‘lib, barcha ustidan ma’naviy rahbarlik maqomida turib, «shayx ul-
islom» deb ataladilar.
Shuningdek, odat bo‘yicha Zaytuna universiteti o‘qituvchilarining
yarmi hanafiylardan va yarmisi esa molikiylardan bo‘ladi.
Hanafiy mazhabi tarafdorlari Hindistonda 48 mln.ga yetib boradi.
Janubiy Amerika va Braziliyada 25 mln hanafiy musulmonlari
yashaydilar.
Dostları ilə paylaş: