58
degan farazga asoslangan. Masalan, biror kimsa uzoq muddat yo‘qolib
qolib, uning hayot yoki vafot etganligi noma’lum bo‘lganda, istis’hob
tamoyiliga asosan, barcha huquqiy qoidalar o‘sha kimsaning hayotligida
qanday qo‘llansa yoki qanday rioya etilgan bo‘lsa, shundayligicha qolishi
kerak, deb hisoblangan.
Shofi’iy mazhabining mashhur namoyandalari. Imom Shofi’iy
maktabini davom ettirgan mashhur shogirdlari Muzaniy, Robiy va Yusuf
ibn Yahyo edilar.
Muzaniy (791–876)ning to‘liq ism sharifi Ismoil ibn Yahyo al-
Muzaniy bo‘lgan. U Misrda imom Shofi’iy bilan doim birga bo‘lgan.
Muzaniy Shofi’iy fiqhining barchasini to‘plab, kitob holiga keltirgan.
Uning «Muxtasar al-Muzaniy» nomli asari Shofi’iy mazhabi fiqhiga oid
eng ko‘p o‘qiladigan manbaga aylangan.
Ar-Robiy al-Marodiy (790-873). Shofi’iyning «Al-umm» kitobini
hikoya qilishda Robiyga hech kim teng kela olmas edi. U bu kitobni «Ar-
risola» va boshqa kitoblar bilan bir vaqtda imom Shofi’iy tirikligi vaqtida
yozib olgan edi.
Yusuf ibn Yahyo Buvaytiy mazkur mazhabning asosiy ustozi sifatida
Shofi’iyning o‘rnini egallagan.
Shofi’iy mazhabiga ergashuvchilarning ko‘pchiligini hozirgi kunda
Misr, Arabiston yarim orolining janubiy qismi (Yaman, Xazramavt), Shri
Lanka, Indoneziya, Malayziya, Sharqiy Afrika (Keniya, Tanzaniya)
hamda Surinam (Janubiy Amerika)da istiqomat qiadilar.
Dostları ilə paylaş: