Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
islom huquqi

Davlat ko‘chmas mulki. Davlat mulki yoki mahzanga quyidagilar 
kiradi, deb aytish uchun asoslar bor: a) xo‘jasiz yerlar; b) musulmon 
jamoasiga iqtisodiy (daryolar) yoki strategik (gish yerlar) jihatdan zarur 
deb hisoblangan yerlar; d) nihoyat, «jonsiz» yerlar.
Habus mulki (vaqflar). Shimoliy Afrikada habus deb ataladigan 
vaqflar islom mulkdorligining o‘ziga xos toifasini tashkil etadi. Vaqflar 
haqida biz yuqorida aytib o‘tdik. Ular ixtiyoriy ehson, in’omga 
asoslanadi. Bu in’om mol-mulkdan olingan daromadni xayriya ishlariga 
yoki ijtimoiy foydali maqsadlarga yo‘naltiriladi. Bunday mol-mulkka 
nisbatan «yalang‘och» mulk huquqi ham, undan foydalanish huquqi ham 
sekvestr qilinadi.
Mol-mulk ko‘pincha hadya qiluvchidan ancha uzoqda joylashgan 
obyektga (masalan, biror-bir masjidga yoki maktab qurilishiga) in’om 
qilinadi. Vaqflarga xos xususiyat tegishli mol-mulkning fuqarolik 


98
muomalasidan chiqarilishida namoyon bo‘ladi. Qonuniy vaqf ta’sis etish 
uchun quyidagi to‘rt shart bajarilishi lozim: 
1) ta’sischi mol-mulkni tasarruf etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak 
(u amalda musulmon bo‘lishi lozim, biroq xristian yoki yahudiyning ham 
xudoga manzur bo‘ladigan ish qilishiga yo‘l qo‘yiladi); 
2) vaqf (habus) ta’sischisi hadya qilinayotgan mol-mulkka mulk 
huquqida egalik qilishi kerak, bunda mazkur mol-mulk ko‘chmas va naqd 
bo‘lishi lozim (arsh yerlar yoki iste’mol qilinadigan narsalarni vaqfga 
aylantirish mumkin emas); 
3) ta’sischi mol-mulkka egalik qilishdan butunlay voz kechishi kerak, 
chunki vaqf ta’sis etish uzufruktni hadya qilish hisoblanadi; 
4) vaqf ta’sis etishning belgilangan shakllariga rioya qilinishi lozim.
Vaqf mulkiga hech qanday soliq va o‘lpon solinmaydi. O‘z mol-
mulkini vaqfga bergan odamlar musulmon ulamolarining maqtoviga 
sazovor bo‘ladi. Vaqf mulki yaroqsiz holga kelganidan keyin ham vaqf 
shaklini yo‘qotmaydi. Musulmon huquqi vaqf mulkining yaroqsizligi 
bahonasida uning ayrim shaxslar tomonidan o‘zlashtirilishiga yo‘l 
qo‘ymaydi.
Musulmon huquqi sudlari vaqf mulkini boshqarish vazifasi 
yuklatilgan shaxslarning faoliyatini sinchkovlik bilan kuzatib boradi. 
Agar mutavalli (vaqf mulkini boshqaruvchi) vaqf mulkidan noto‘g‘ri 
foydalanayotgan bo‘lsa, musulmon huquqi sudi uni lavozimidan 
chetlatish va uning o‘rniga boshqa mutavallini tayinlash huquqiga ega.
Vasiyat masalalari. Musulmon huquqida vasiyatning ikki asosiy turi 
farqlanadi: 
1) qarindoshlar va merosxo‘rlarga bevosita vasiyat qilish; 
2) vasiylar va ishonchli shaxslarga vasiyat qilish. Ko‘pincha vasiy 
yoki ishonchli shaxs etib ulamolar tayinlanadi.
Shuni ta’kidlash zarurki, merosxo‘rlar vasiyatga ko‘ra nafaqat mol-
mulkka ega bo‘ladilar, balki ularning zimmasiga qarzlarni to‘lash va 
bajarilmagan diniy ahdlarni bajarish majburiyati ham yuklatiladi. Agar 
ota-onalar ahd qilgan ibodat, ro‘za yoki boshqa diniy rasm-rusumlarni ado 
etmasdan vafot etgan bo‘lsalar, ularning voyaga yetgan farzandlari bu 
majburiyatlarni ularning o‘rniga bajarishlari shart. Bu haqdagi vasiyat 
og‘zaki yoki yozma shakllarda qilinadi. Bunday vasiyat qiluvchi voyaga 
yetgan, aqli raso va xotirasi butun odam bo‘lishi kerak.
Mol-mulkni merosxo‘rlarga yoki boshqa shaxslarga topshirish 
haqidagi vasiyat, odatda keksa yoshda amalga oshiriladi. Musulmon 
huquqi musulmondan diniy burchni ado etishni talab qiladi va o‘limi 


99
oldidan u o‘z merosxo‘rlariga shu burchni ado etishni topshirishi zarur. 
Bu eng avval katta o‘g‘il farzandga yuklatiladi. Agar merosxo‘rlar 
bo‘lmasa, diniy burchni haq evaziga bajaruvchi shaxsni yollash uchun 
marhumning mol-mulkidan mablag‘ ajratiladi. 
Musulmon odam hech kim bilmaydigan xazinaga ega bo‘lsa, u o‘limi 
oldidan bu haqida merosxo‘rlarini ogoh etishi shart. Merosxo‘rlar voyaga 
yetmagan bo‘lsalar, bu ishga ishonchli vasiylar jalb qilinadi.
Islom qonunchiligining soliq tizimida musulmonlar va g‘ayridinlarga 
soliq solish shakllari, usullari va miqdorlari umumlashtirilgan. Islomdagi 
yuridik qoidalarni tarixiy va geografik material bilan taqqoslashda ayrim 
ixtiloflar kuzatilishi tabiiy holdir. Musulmon huquqi tarixida asosan 
xalifalik soliq tizimining tarixiy tajribasi umumlashtirilib ko‘rsatilgan. 
Musulmon soliq tizimini o‘rganish ayrim (qonunchilik tizimi 
zamirida musulmon huquqiga asoslangan) musulmon mamlakatlarining 
hozirgi soliq tizimi haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun ham zarur.
Musulmon huquqida soliqning quyidagi turlari nazarda tutilgan: 

xums – mulk solig‘i (daromadning 1/5 qismi). Xums (arabchada 
beshdan bir) – islom an’anasida musulmon qo‘shinlari qo‘lga kiritgan 
o‘ljalarning beshdan bir qismi. U avval Muhammad (s.a.v.) ixtiyoriga, 
keyinchalik xalifalar xazinasiga ajratilgan, qolgan qismini harbiy 
boshliqlar o‘zlariga va lashkarlarga taqsimlaganlar. Xums sifatida 
to‘plangan mablag‘larning beshdan bir qismi avval Muhammad 
payg‘ambar (s.a.v.) va uning avlodlarini ta’minlashga, shuningdek 
qo‘shin xarajatlariga sarflangan. Xalifalar va keyingi hukmdorlar davrida 
xums xazinaga tushgan;

zakot – boy musulmonlarning mol-mulki va daromadidan 
kambag‘allar foydasiga undiriladigan soliq;

zakot al-fitr – Ro‘za hayiti munosabati bilan beriladigan sadaqa;

sadaqa – kambag‘allarga qilinadigan xayr-ehson; 

jizya – musulmon mamlakatlarida musulmon bo‘lmagan fuqaro-
lardan olinadigan jon solig‘i; 

xiroj – yer solig‘i; 

ushr – yer solig‘i (o‘ndan bir).
Keyingi davrda: a) xalifa yoki davlat boshlig‘i ixtiyoriga o‘ljadan 
ajratilgan ulush (g‘anima); b) dengiz mahsulotlari (marvarid, dur, qim-
matbaho toshlar)dan olinadigan soliq; v) topilgan xazinadan ulush;
g) musulmon nomusulmonga yer sotganida davlatga to‘lanadigan boj.
Shuni ta’kidlash zarurki, beshdan bir ulush miqdoridagi har qanday 
soliq ham xums hisoblanmagan. Masalan, nasroniylar – tag‘libiylar 


100
kamsituvchi jizya emas, balki ikki baravar miqdorda ushr to‘laganlar. Bu 
soliq xums emas, balki ikki baravar – o‘ndan bir ulush deb atalgan1.
Zakot – muhtoj musulmonlar foydasiga mol-mulk va daromaddan 
beriladigan sadaqa, xayr-ehson. Qur’onning Makka suralarida zakot xayrli 
ish, moddiy yordam ma’nosida kelgan. Zakot Umar ibn Hattobning 
xalifalik davrida ilk bor tartibga solingan.
Zakotni faqat voyaga yetgan muomala layoqatiga ega musulmonlar: 
hosildan; uzumzor va zaytunzorlardan; mol-holdan; tilla va kumushdan; 
mahsulotlardan to‘lagan.
Zakotning eng kam miqdori (nisab): dehqonchilik mahsulotlaridan – 
5 vask (975 kg); moldan – besh tuya, 20 sigir yoki 40 qo‘y; tilla va 
kumushdan – 20 dinor yoki 200 dirham; mahsulotlardan – tegishli narxiga 
qarab.
Yig‘ilgan zakot mablag‘larini qozi tasarruf etgan. Bu mablag‘lar yil 
davomida va faqat u yig‘ilgan ma’muriy hudud doirasida sarflanishi lozim 
bo‘lgan.
Zakot quyidagi shaxslarga berilgan: miskinlar, faqirlar, zakot 
yig‘uvchilar, taqdirlashga sazovor ish qilgan shaxslar, mukotab qullar, 
qarzni to‘lashga qurbi yetmaydigan odamlar, yurtiga qaytishga puli 
bo‘lmagan musofirlar.
Sadaqa (arabcha «chin dildan qilingan ehson») – xayr-ehson. Sadaqa 
berish haqida Qur’onda ham ta’kidlab o‘tilgan («Baqara» surasining, 191, 
264–265, 273, 277-oyatlari). Sadaqa bilan bog‘liq masalalarni fiqhning 
uqubot va ahkom bo‘limlari talqin qiladi. Imkoni bo‘lgan har bir kishi 
uchun sadaqa berish farz sanaladi. Bu ish mandub amallar qatoriga kiradi.
Jizya – musulmon davlatlarida nomusulmon fuqarolardan olingan jon 
solig‘i.
Xiroj – o‘rta asr musulmon davlatlarida yer solig‘i. Dastlab xirojni 
Arab xalifaligida faqat g‘ayridinlar to‘laganlar. Musulmonlar ushr solig‘i 
to‘laganlar. Keyinchalik yer egalari asosan musulmonlar bo‘lgach, xiroj 
umumiy yer solig‘iga aylangan. 
Zakot al-fitr (fitr sadaqa) – islomda ramazon oyi tugashi munosabati 
bilan beriladigan sadaqa. Har bir musulmon erkak va ayol uchun ikki 
yarim kilogramm xurmo, arpa, un, guruch yoki ularning qiymati 
miqdorida pul ehson qilish vojibdir. Fitr sadaqasini kattayu kichik, er-
xotin, oila boshlig‘i o‘z qaramog‘idagi har bir jon hisobidan beradi.
Ushr (arabcha o‘ndan bir) – musulmon mamlakatlarida natura 
shaklida (ba’zan pul bilan) davlat foydasiga, ba’zan kambag‘al, yetim-
yesirlar hisobiga undiriladigan soliq. Ushr har yili dehqonchilik 


101
mahsulotlaridan olingan. Ushr olingan yer-suv «mulki ushriya» deb 
atalgan. Turli davrlarda ushrning shakli mahalliy shart-sharoitga ko‘ra 
o‘zgarib turgan. Masalan, Usmonli turk saltanatida – o‘nta, o‘ntalik, 
salariy’a, Eron, Buxoro amirligi va boshqa joylarda – «dahyak» deb 
yuritilgan. Keyinchalik yangicha daromad solig‘i joriy etila boshlagach, 
ushr ba’zi joylarda (1918 yil Jazoirda, 1925 yil Turkiyada, 1935 yil 
Tunisda) bekor qilindi. Ammo ayrim musulmon davlatlarida hozir ham 
mavjud. O‘rta Osiyoda XX asrning boshigacha ushr saqlangan.
Shuni ta’kidlash zarurki, ushr hammadan – musulmonlar, zimmiylar, 
g‘ayridinlardan ham olinadigan soliqdir. U dehqonchilik, chorvachilik, 
baliqchilik mahsulotlari va sotish uchun mo‘ljallangan, qiymati 200 
dirhamdan kam bo‘lmagan boshqa mahsulotlardan olinadi. Ushr solig‘i 
shaklan bozor yig‘imlari turiga o‘xshab, barcha fuqarolar, chetdan kelgan 
savdogarlar va savdo korxonalaridan undiriladigan soliq bo‘lib, davlat 
daromadining ancha katta qismini tashkil etadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin