96
Xiroj yerlar. Xalifalikka ixtiyoriy ravishda bo‘ysungan hududlarda
mahalliy aholi yerga bo‘lgan mulk huquqini saqlab qolgan bo‘lsa, fath
etilgan hududlarda musulmon jamoasi yerga nisbatan oliy huquqqa ega
bo‘lgan. Yer egalari bu yer avloddan avlodga o‘tishini istisno etuvchi
ayrim uzufrukt huquqinigina saqlab qolganlar 1.
Bunday yerlar xiroj
yerlar deb atalgan, chunki ularga har yili mol yoki pul ko‘rinishida
undiriladigan soliq – xiroj solingan. Xirojning qonuniy xususiyati ijtihod
qoidalariga asoslanadi.
Shuni ta’kidlash zarurki, xirojning nazariy asoslari hijriy V asrda
vujudga kelgan. Ilk islom davrida fath etilgan yerlar askarlarga mulk qilib
berilgan, lekin bu siyosat qo‘shinni zaiflashtirish bilan bir vaqtda, xirojga
qaraganda kamroq soliq – zakot undiruvchi davlatga ziyon yetkazgan.
Shu sababli xalifa Umar yerni mulkdorlar ixtiyorida qoldirib,
ularga xiroj
to‘lash majburiyatini yuklagan, shu bilan birga, mulkdorning islom diniga
kirishi ham, yer maydonlarining musulmonlarga
sotilishi ham bu yerlar
uchun soliq – xiroj to‘lashdan ozod qilinmasligini belgilab qo‘ygan.
Yerga mulk sifatida egalik qilish va unga tutash ashyoviy huquqlar.
Yerga bo‘lgan mulk huquqi musulmonlar uchun muqaddas, binobarin,
daxlsizdir. Shu bois jamoat manfaatlarida yerga bo‘lgan mulk huquqini
olib qo‘yishni nazarda tutuvchi qoidaning qabul qilinishiga erishish
(ayniqsa, hanafiylarda) juda qiyin bo‘ldi (Turkiyada bunga 1885-
yildagina erishildi). Qarzdorning mol-mulkiga sud orqali undiruvni
qaratishga ijozat berilishi uchun ham shunga o‘xshash qiyinchiliklarni
yengishga to‘g‘ri keldi. Mulk huquqining egasi mazkur huquqdan o‘z
ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin. Biroq
musulmon huquqi
mulkdorga o‘z mol-mulkini suiiste’mol qilish, uni behuda isrof etishni
taqiqlaydi. Huquqni suiiste’mol qilish umumiy nazariyasi sud
qarorlaridan keltirib chiqarilishi mumkin emas edi. Ayni vaqtda, birovga
zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatdan o‘zini tiyish
haqidagi islom tamoyili (u mashhur hadislardan biriga asoslangan)
huquqiy emas, balki ma’naviy jihatdan huquqni suiiste’mol qilish
nazariyasiga qaraganda, kengroq asosga ega.
Mulk huquqi qanday yuzaga keladi?
Bu savolga javobni fransuz
yozuvchisi R. Sharlning «Musulmon huquqi» kitobidan izlaymiz. Yerni
egallab olish (harbiy yo‘l bilan) va parvarish qilish kabi ilk klassik
usullardan tashqari, musulmon huquqida yerlarni «jonlantirish» va ularga
ishlov berish ham ma’lum.
Egasiz yerga ishlov berib, uni o‘z mulkiga aylantirgan odam hech
qanday rasmiyatchiliklarsiz shu yerning mulkdori hisoblanadi. Mahalliy
97
hokimning ruxsati bilan birovning yeriga birovning urug‘ini ekkan odam
shu urug‘ni qaytarib beradi, lekin olingan hosil uning o‘z ixtiyorida
qoladi.
Mulk huquqi yuzaga kelishining asoslari – yerni sotish, meros olish,
hadya qilish, egallash muddatining o‘tishi hisoblanadi. Mulkdorning o‘z
mol-mulkini qarovsiz qoldirishi yoki uning nobud bo‘lishi mulk
huquqining barham topishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nihoyat, mulk
huquqi mulkdorning dindan qaytishi yoki mol-mulk undan majburiy olib
qo‘yilishi natijasida qonun kuchi bilan bekor qilinadi.
Mulk huquqi qanday isbotlanadi? Musulmon huquqshunosligida
«egalik holatining isbotlovchi kuchi» tushunchasi ishlab chiqilgan.
Musulmon huquqida bitim mulk huquqining yetarli dalili bo‘lib xizmat
qilmaydi, chunki bitimning mazmuni uchinchi shaxslar uchun kuchga ega
emas. Gap shundaki, uning qonuniy kuchi mulk egasi bo‘lmagan shaxsga
nisbatan bitimni tasdiqlovchi hujjatni
saqlovchi shaxs, uni mazkur mol-
mulkka egalik holati bilan ham mustahkamlay olgan holdagina namoyon
bo‘ladi. Musulmon huquqshunoslari dalillarning bunday tuzilishida har
xil ahamiyatga molik, muayyan darajada aniq belgilangan oqibatlarga
sabab bo‘luvchi turli egalik shakllarini belgilaganlar: a) oddiy egalik; b)
uzoq muddat egalik qilish; d) murakkab egalik.
Mulk huquqi amalda mazkur yer maydonining
sirti va osti, hatto
ustidagi havo bo‘shlig‘iga ham egalik qilish huquqini beradi (qo‘shnilar
birovning bog‘ida o‘sgan daraxtning o‘z bog‘i hududiga osilib tushgan
shohlarini kesishga haqli, mulk huquqi bo‘yicha yer maydoniga egalik
qiluvchi shaxs uning ustidagi havo bo‘shlig‘ini sotishi mumkin).
Dostları ilə paylaş: