Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
islom huquqi

ado eting, sizga xiyonat qilganga (omonatni ado etish chog‘ida) xiyonat 
etmang». Yana bir hadis: «Omonatni saqlagan inson (mazkur omonatga) 
zomin (moddiy javobgar) bo‘lmaydi (ya’ni omonat predmeti tabiiy holda 
shikastlansa, qiymatini yo‘qotsa, uni asragan shaxs moddiy javobgar 
bo‘lmaydi)».


124
Barcha fiqhiy adabiyotlarda mol-mulkini vadi’aga qo‘yib ketgan 
shaxslarni muvaddi’, saqlash uchun qabul qilib olgan shaxsni mustavdi’ 
va vadi’a obyektini vadi’at, deb atash qabul qilingan. 
Omonatning shartlari. Islom mujtahidlari vadi’a institutini tashkil 
qiluvchi quyidagi qoidalarni uqtirganlar: 
1) eng avvalo, omonatda har ikkala tomonning roziligi, loaqal bitta 
guvohning bo‘lishi, mustavdi’ga omonat predmeti hech bir to‘xtovsiz 
o‘tishi zarur. Bunday bitimlar asosan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro 
ishonchga asoslangani uchun og‘zaki tarzda tuziladi; 
2) mustavdi’ning vadi’a predmetidan foydalanishga haqi yo‘q; 
3) vadi’aga qo‘yilgan buyum birinchi talabdayoq mustavdi’ 
tomonidan qaytarilishi shart; 
4) mustavdi’ qo‘lidagi omonat mulk, ashyo to‘g‘risida qayg‘urishi 
shart. Mazkur ishdagi barcha xarajatlar mulk egasining zimmasida 
bo‘ladi; 
5) omonat predmetiga talofat yetganda, mustavdi’ faqat ikki holatda-
gina javobgar bo‘ladi: birinchisi – beparvoligi, sovuqqonligi tufayli 
omonatga zarar yetganda, ikkinchisi – omonat predmetini egasidan berux-
sat boshqa odamga berganda yoki o‘zi foydalanib, talofat yetkazib qo‘y-
ganda. 
Imom Abu Hanifa mustavdi’ omonat mulkni uchinchi bir shaxsga 
saqlab turish uchun berib qo‘yishi ham mumkinligini ta’kidlagan. 
Imomlar Shofi’iy va Molik esa mustavdi’ faqatgina mulk egasining 
ruxsati bilan boshqa shaxsga omonatni saqlash uchun berib qo‘ya oladi, 
deganlar; 
6) muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslarga omonat topshiril-
maydi; 
7) musulmonga ham, zimmiy odamga ham berilishi mumkin bo‘lgan 
omonat predmeti mustavdi’ning qo‘liga o‘tishi bilan shartnoma kuchga 
kiradi.
Hanafiy mazhabi namoyandalarining fikriga ko‘ra, omonatdor shaxs 
(omonat ishonib topshirilgan odam)ning aybisiz omonat predmetiga ziyon 
yetsa yoki u yo‘qolgan taqdirda, to‘lov lozim bo‘lmaydi. Bir kishi yo‘lda 
yoki boshqa joyda biror narsani yotgan holda ko‘rsa va uni o‘ziga mulk 
qilib o‘zlashtirib olmoqchi bo‘lsa, u talonchi (zo‘ravon, qaroqchi) 
hukmida bo‘ladi. Buning ustiga, o‘sha narsa yoki mol o‘zlashtirilgandan 
so‘ng, ziyon ko‘rsa yoki yo‘qolgan ashyo uchun uning aybi yoki 
sovuqqon munosabat bo‘lmasa ham, javobgar bo‘ladi (to‘laydi). Ammo 
egasiga bermoqchi bo‘lib olgan va egasi ma’lum bo‘lsa, haqiqiy omonat 


125
bo‘ladi va uni egasiga topshirishi shart. Agar egasi noma’lum bo‘lsa, bu 
ashyo «topilma» bo‘lib, topib olgan kishi qo‘lida u omonat hisoblanadi. 
Topilmani topib olgan shaxs uni e’lon qiladi. Egasi chiqqunicha omonat 
sifatida uni saqlaydi. 
Bir odam chiqib, o‘z moli ekanligini isbot qilsa, unga topshirish 
lozim bo‘ladi. Bir odamning qo‘l ostida o‘zganing moli tasodifan talofat 
ko‘rsa, agar molni egasining ruxsatisiz olgan bo‘lsa, har qanday holda 
ham uni to‘laydi. Egasining ruxsati bilan olgan bo‘lsa, mol uning qo‘lida 
omonat sifatida turgani bois, to‘lamaydi. Lekin savdo-sotiq ishlarida 
boshqacha yondashiladi, ya’ni narxi belgilab qo‘yilgan yoki og‘zaki 
aytilgan bo‘lsa, to‘lov lozim bo‘ladi. Masalan, bir odam chinni idishlar 
do‘konidan o‘zicha (beruxsat) bir kosa olsa va u qo‘lidan tushib sinsa, 
uning haqini to‘lashi shart. Agarda egasining ruxsati bilan olib 
ko‘rayotganda tasodifan tushib sinsa, to‘lov lozim bo‘lmaydi. Agarda 
kosa boshqa bir to‘p kosalarning ustiga tushib, ular ham sinsa, keyingi 
kosalarning to‘lovi lozim bo‘ladi. Lekin avvalgi bitta kosa omonat 
bo‘lgani uchun baribir to‘lanmaydi. Ammo: «Bu kosa necha pul?», – 
deganida, do‘konchi: «shuncha pul, ol», – degandan so‘ng, uni qo‘liga 
olgach, yerga tushib sinsa, zomin bo‘ladi. Shuningdek, bir odam sharbat 
ichayotganda, sharbatchining piyolasi qo‘lidan tushib sinsa, «oriyat» 
(vaqtincha foydalaniladigan narsa) bo‘lgani bois, zomin bo‘lmaydi. Lekin 
ichuvchining o‘zi to‘g‘ri foydalanmagani sababli piyola sinsa, zomin 
bo‘ladi. Ishora orqali berilgan ruxsat ham ochiq-oydin berilgan ruxsat 
kabidir. Lekin ochiq-oydin taqiq bor ekan, ishora hisobga o‘tmaydi. 
Vadi’a joiz aqdga (o‘zgaruvchan majburiyat) mansub bo‘lganligi 
uchun taraflardan yolg‘iz birining xohishi bilan ham tugatilishi mumkin. 
Tomonlardan birining o‘limi yoki aqldan ozishi bilan ham vadi’a darhol 
bekor qilinadi. Muvaddi’ «omonat buyumni qaytarmadi», deb 
mustavdi’ning ustidan da’vo bilan chiqqanda, mustavdi’dan guvoh 
keltirish talab qilinadi. Agarda mustavdi’ omonat buyumni egasining 
roziligi bilan boshqa bir shaxsga omonat uchun topshirib qo‘yganligini 
ma’lum qilsa, unda guvohlarni keltirishi shart bo‘ladi. Imomlar Abu 
Hanifa va Shofi’iy har ikki holatda ham qasam ichsa, kifoya qiladi, 
deganlar. 
Bitimlarning eng asosiy elementlari bu – «aqd» va «iyqo’»
hisoblanadi. Aqd – ikki yo undan ortiq shaxsning o‘zaro kelishib, og‘zaki 
yoki yozma holda o‘zlariga erkin majburiyatni olishlaridir. 
Iyqo’ – bir tomonning talabi bilan tuziladigan bir tomonlama bitimdir. 
O‘zga shaxslarning xohish-irodasi bunday bitimlarning tuzilishiga ta’sir 
etmaydi. Iyqo’ga taloq, nazr, qasam kiradi. 


126
Hanafiy mazhabining qonunshunoslari qasamlarni uch turga: g‘umus 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin